|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 127
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida
maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim . tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini
anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab
chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlim ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan
belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy
tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli
bosqichlarida taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib brogan. Taʼlim mohiyatiga
eʼtibori berish yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish
faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda o‘qish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim.
jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan
iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim
avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy tarixiy tajribalari yosh
avlodga taʼlim orqali oʻtadi. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablarda, oʻquvchilarning imkoniyati va
ehtiyojlariga muvofiq, taʼlim . tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab
chiqilmoqda. Xususan, taʼlimning keng umumiy maʼlumot asosida kasbiy ixtisoslashishning
ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari — radio, televideniye, kino,
kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli shakllaridan
foydalanilmoqda.
Shu sababli, maktab rahbarlari ham ta’lim jarayonini boshqarishda yangi texnologiyalardan
foydalangan holda ish olib bormoqda. Bundan tashqari, yurtboshimiz ushbu yilning ya’ni 2022-
yilning 1-dekabrga qadar har bir maktab rahbarining bilim va ko‘nikmalarini baholash va baholash
natijalari bo‘yicha “menejerlik” sertifkati bo‘lishligi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, 2023-yil
1-yanvardan boshlab:
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifkatini olish uchun Milliy-tadqiqot
institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish,
boshqaruv, moliya hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitiladi;
O‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga
nomzodlarning menejment sohasi bo‘yicha bilimi va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi
bo‘yicha menejerlik sertifkati beriladi;
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifkatiga ega bo‘lgan shaxslar
orasidan tanlab olinadi.
Ta'lim samaradorligini oshirish, eng avvalo, tarbiyachining pedagogik mahorati hamda
uning ta'lim jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda
tarbiyachilarning pedagogik mahorati darajasi har bir mashg‘ulot hamda o‘rganilayotgan
mavzuning tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish jarayoniga nisbatan ijodiy, texnologik
yondashuvni taqozo etmoqda. Texnologik yondashuv negizida namoyon bo‘luvchi holatlarning
asosiysi - bu dars jarayonining muayyan loyiha asosida tashkil etilishi sanaladi.
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish lozimki, texnologik yondashuv asosida ta'limni tashkil etish
ijobiy natijalarni beradi.
|
| |