131
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
XALQ TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA
MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Uralov Shoxrux Alisher o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universitetining
“Ta’lim muassasalarining boshqaruvi” II bosqich magistranti
Jahonda umumiy o‘rta ta’lim sifatini ta’minlashda pedagog
va rahbar xodimlarning
tayyorgalik darajasi va boshqaruv samaradorligini oshirishda qayta tayyorlash va malakasini
oshirish tizimining ilmiy asoslarini takomillashtirishga muhim omil sifatida qaralmoqda. Yevropa
Kengashining (2009) «O‘quvchilar va maktab rahbarlarining malakasini oshirish bo‘yicha
kengash xulosalari»da ta’lim va metodlari, xodimlarni ruhlantirishning shakl va uslublari, o‘qitish
muhiti, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini o‘quv jarayonida faol ishtirok
etishga jalb qilish
ishlarining saviyasi maktab direktorlarining liderlik kompetensiyalariga bevosida bog‘liqligi
takidlanadi. Bugungi kunda mazkur vazifalarning ilmiy ta’minoti sifatida rahbar xodimlarning
kompitendligini zamon talablari asosdida shakillantirish, rahbarning boshqaruv kompetentligining
ta’lim muassasasi faoliyatiga ta’siri, maktab rahbarlarini tayyorlash, tanlash, lavozimiga tayinlash,
faoliyatini baholash va doimiy rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha
ustuvor darajada ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida maktab ta’limi umummilliy harakatiga aylanib
soha rivojini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda keng qamrovli chora tadbirlar amalga
oshirilib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrda PQ-3289-sonli qarori ishlab
chiqildi [1]. Bu qarordan asosiy maqsad xalq ta’lim tizimidagi
kadrlarning malaka oshirish
davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha
erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy
axborot va pedagogik
texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tadbiq etish
belgilab berilgan.
Jumladan, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi pedagoglar
va rahbarlar tomonidan yangi ma’lumot, bilim, ko‘nikma va malakalarni olishning bosh manbasi
hisoblanadi,
shuning uchun ham, aynan mazkur tizim, ma’lum ma’noda,
tizim xodimlarining
sohada amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlariga tayyorligi uchun mas’ul va shu bois
alohida e’tiborga loyiq.
Pedagoglar
uchun
malaka
oshirish
tizimini
Rossiyalik
olimlar
quyidagicha belgilaydilar:
-
kasbiy
mahoratini
oshirish
va
malakasini
oshirish,
yangi
mutaxassislik olmagan holda yangi funksional vazifalarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha
pedagogik kasbiy tayyorgarlik dasturlarini amalga oshiradigan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi
qo‘shimcha ta’lim muassasalari majmui (E.M. Nikitin) [3];
-
qo‘shimcha
kasbiy
ta’lim
turi,
ilgari
olingan
kasbiy
bilimlarni
yangilash va chuqurlashtirish, xodimlarning ishbilarmonlik fazilatlarini takomillashtirish, ularning
kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ta’lim ehtiyojlarini qondirish (E. A. Levanova, T. V. Pushkareva, M.
L. Subocheva);
-
shaxslarning
ta’lim
va
rivojlanish
darajasini
har
tomonlama
takomillashtirishni amalga oshiradigan uzluksiz ta’lim va shaxsiy rivojlanish markazlari (P. G.
SHchedrovitskiy) [2].
Ko‘pgina
tadqiqotchilarning
ta’kidlashlaricha,
bugungi
kunda
dunyoda
o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yangi tizimlari
izlanmoqda, ammo na mazmuni, na o‘quv mashg‘ulotlarining
tashkiliy shakllari, na o‘qitish
uslublari bo‘yicha yagona nuqtai-nazar mavjud emas.