JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
74 
Uchinchi. Raqamlashtirish huquqiy sohadagi yutuqlarni bilish, tadqiq etish va 
amalga oshirishda tarixiy, lingvistik, davlat-huquqiy va korporativ chegaralarni yo‘q 
qilish imkonini beradi. 
To‘rtinchi. Inson tomonidan belgilangan dastur sozlamalari tufayli 
raqamlashtirish umumlashtirish, tasniflash, tuzilish, umumiy va maxsus narsalarni 
aniqlash uchun muayyan huquqiy va texnik harakatlarni sifatli va tezkor amalga 
oshirishga huquqning mohiyati, predmeti, usullari, tizimi, manbalari va boshqa 
parametrlariga, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq va uning alohida institutlariga 
oid boshqa tahliliy harakatlarga yordam beradi.
3
V.D. Zorkinning fikriga ko'ra, “Ijtimoiy hayotni raqamlashtirish ilgari 
noma’lum bo‘lgan raqamli huquqlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Raqamli 
huquqlar deganda odamlarning raqamli asarlardan foydalanish, yaratish va nashr 
etish, kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalarga kirish shuningdek, aloqa 
tarmoqlari, xususan, internetdan foydalanish huquqlari tushuniladi.”
4
Raqamli inson huquqlarining mohiyati axborot va telekommunikatsiya 
shaklida ifodalangan inson huquqlarini konstitutsiyaviy va huquqiy tartibga 
solishning tabiati, mazmuni, roli, maqsadi va usullarining kvintessensiyasidir. 
Raqamli huquqlarning mohiyatini ochib berishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish 
mumkin. 
Birinchidan, raqamli inson huquqlarining huquqiy asosi asosiy inson 
huquqlaridan biri - insonning turli koʻrinishdagi axborot erkinligiga bo‘lgan 
konstitutsiyaviy huquqi, ya’ni har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga 
ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan 
belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
5
(O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 29-moddasi). Shu bilan birga, shuni yodda tutish kerakki, 
telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davrida asosiy axborot 
3
Халин В.Г., Чернова Г.В. Цифровизация и ее влияние на российскую экономику и общество: преимущества, 
вызовы, угрозы и риски // Управленческое консультирование. 2018. N 10. С. 46 — 63. 
4
Зорькин В.Д. Право в цифровом мире // Российская газета. 2018. 29 мая. 
5
https://lex.uz/docs/-20596 O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi 



Download 4 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish