JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.03.2024
Hajmi0.67 Mb.
#168924
1   2   3   4
Bog'liq
56-59
ggggg, Оценки 108 группы, Kafedra proffessor o`qituvchilar ro`yxati, numbers, 2 5330462470588868865 (1), 14.1-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari. (1), 1-Lab Panjiyev, 2022-2023 KI 11 19 1, kurs ishi burchak shtamp eftttttttgr, kurs ishi burchak shtamp, kurs ishi burchak shtamp, lazer, ddddddddddddddddd, “LMS(Learning managment systems ta\'limni boshqaruv tizimlari) haqida” mavzusi bo’yicha test savollarii-15ta, azik
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–25_Issue-3_March_2023 
58 
kirishish davrida u mazkur muhitda barcha tomonidan qabul qilingan qadriyatlar va 
me’yorlarni o’zlashtirib oladi. Bu davr oxiriga borib o’zi o’sib-ulg’aygan va shaxs 
sifatida kamol topgan muhitga xos qimmatli yo’l-yo’riqlar majmuini egallagan bo’ladi.
Insonning psixologik holati uning dunyoqarashiga, g’oyalari, dini, e’tiqodi, 
jamoaviy va javobgarlik tuyg’usi, moddiy ahvoli, ehtiyojlarini qondirishi va boshqa 
jihatlarga bevosita bog’liq. U qanchalik bilimdon bo’lsa, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot 
qonuniyatlarini shunchalik yaxshi tushunadi va har qanday tasodifiy, ishonchsiz 
axborotlarga qarshi shunchalik puxta qurollangan bo’ladi. Shu boisdan bilim inson 
dunyoqarashining va ma’naviy- psixologik ahvolining asosi hisoblanadi. 
Oilada va do’stlar davrasida, maktabda va oliy o’quv yurtida, mahalla va ishlab 
chiqarish jamoasida olinadigan bilim negizida individda o’zi va yaqin odamlari 
tomonidan inson hurmati joyiga qo’yiladigan, fazilatlari munosib baholanadigan 
jamiyatda yashayotganliklari to’g’risida muayyan g’oyalar, imon, e’tiqod tarbiya 
topadi. Asta-sekin ular individ uchun g’oyat ahamiyatli qoidalarga aylanib, uning 
hayotiy qadriyatlari tizimini shakllantiradi.
2
Bu qadriyatlar tizimi orqali shaxs o’z-
o’zini boshqarish xusuiyatlari namoyon qiladi. 
Zamonaviy qarashlarga ko’ra, insonning butun ruxiyatining mazmuniy tavsifi 
aynan maqsadga yo’naltirilgan faollikning o’zini o’zi tartibga solish, insonni o’z hayot 
va faoliyatida erkin va ongli sub’ekt qiladigan “o’zini yaratish” qobiliyatidir. O’z 
o’zini boshqarish jarayonlarida ruxiyatning nisbiy ravishda ajratiladigan alohida 
bosqichlari, tomonlari, imkoniyatlari, funktsiyalari, jarayonlari, qobiliyatlari va 
boshqalarning butun boyligidagi birdamligi amalga oshadi. Umuman “o’z o’zini 
boshqarish” tushunchasi fanlararo xarakterga ega. O’zini o’zi tartibga solish 
sharoitlarga adekvat o’zgaruvchanlik, hayot va faoliyatning barcha davrlarida 
egiluvchanlikni ta’minlab beradigan tizimiy jarayondir. Ko’pgina mualliflar ishlarida 
o’zini o’zi tartibga solishning psixologik aspektini ajratib olish urinishlari mavjud. 
O’zini o’zi tartibga solish g’oyalarining vujudga kelishi va rivojlanishi psixologik 
tadqiqotlarning faoliyatni tartibga solish, faoliyatning turi, sabab, iroda, erkinlik, o’zini 
o’zi determinatsiyalash, javobgarlik va qarorlarni qabul qilish kabi yo’nalishlari bilan 
chambarchas bog’langan xolda, shuningdek inson faoliyatining umumiy tarkibi va 
dinamikasi muammosining kontekstida sodir bo’lgan. I.M.Sechenov va I.P.Pavlov 
asarlari ruhiy xodisalar va jarayonlar kechishining regulyator xarakteri haqida 
tasavvurning shakllanishiga asos soldi. Ruhiy o’z o’zini boshqarish muammolarining 
2
Umarov B.M.,
Globallashuv sharoitida shaxs axborot-psixologik xavfsizligining psixologik 
muammolari.”Psixologiya” ilmiy jurnali .№ 3-son.2020 yil 



Download 0.67 Mb.
1   2   3   4




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish