|
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review) Pdf ko'rish
|
bet | 122/266 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 4,29 Mb. | | #143747 |
Bog'liq 11-son PM Ped PsixoloMavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Mutaxassislarda kouching kompetensiyasini
mexanizmlarini shakillantirish S.K.Abdulina, G.V.Abramyan, V.A.Adolf, V.I.Andreev, O.M.Atlasova,
M.V.Belov,
V.P.Bespalko,
A.A.Derkach,
V.G.Zazikin,
E.F.Zeer,
N.V.Kuzmina,
E.A.Klimova,
O.N.Lazareva, O.V.Muromseva, A.V.Nekrasov, A.A.Rean, G.K.Selevko, V.V.Serikov, V.D.Shadrikovlar
tomonidan ham tadqiqot etilgan. Chet ellik olimlar E.Baker, P.Chambers, P.Fongkanta, H.Gandhi, N.Hauck,
X.Karamanos, S.E.Lee, S.MsSray, A.J.Medina, V.Montoro, F.Osmin, P.Peerthy, M.K.Trehearn, T.L.Vega,
R.T. Williams, Ch.R.Wright, K.Yoonlar tomonidan tadqiq etilgan.Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan
ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lamiga qaramay, innovatsion texnologiyalar asosida bo’lajak mutaxassislarda
kouching kompetensiyasini shakillantirish mexanizmlarini isloh qilish va ish samaradorligiga tatbiq etish,
shakllanish manbalarini aniqlashga, samaradorligini baholashga asoslangan tizimli yondashuvga asoslangan
ilmiy tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish talab etiladi [6].
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 23
sentyabrda qabul qilingan “Taʼlim toʼgʼrisida”gi OʼRQ-637-sonli Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 21 sentyabr “2019-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini innovatsion
rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5544-sonli Farmoni, va boshqa meʼyoriy-huquqiy
hujjatlar tadqiqot metodologik asos bo’ladi.
Tahlil va natijalar (Analysis and results). Kouching kompetensiyasi mazmunini tushunish bo’lajak
mutaxassislar uchun samarali ta’lim muhitini loyihalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu muvaffaqiyatli
kouching uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va munosabatlarni chuqur tushunish va ularni rivojlantirish
uchun tegishli strategiyalarni aniqlashni o’z ichiga oladi. Ushbu elementlar birlashtirilganda, kouching
malakasini shakllantirishga samarali va innovatsion yondashuvning asosini tashkil qiladi.
|
| |