Madaniyat va sport tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash




Download 478.19 Kb.
bet7/12
Sana10.05.2022
Hajmi478.19 Kb.
#20657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
amaliyot1 (2)
9-test, 9-test 2, avtobaza gor, tshjxtl[, 2 mavzu Saidkamol, 12-амалий, 1-мавзу, INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARISH, Практическая работа №2, САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ yuz ruscha 2024 yangi gorniy 2024 100%, презинтация, 1. Uzakov, 1 BOB (2) (3), Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)
5.Madaniyat va sport tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash
Bolalar musiqa va san‘at maktabi – uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy bo‘lmagan turi hisoblangan, maktabdan tashqari ta‘lim berishga mo‘ljallangan davlat ta‘lim muassasasi. U davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustavi, mustaqil balansi, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr, shtamp va blankalarga ega bo‘ladi.
Bolalar musiqa va san‘at maktabi belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Uning namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bolalar musiqa va san‘at maktabida ta‘lim olish to‘lov asosida amalga oshiriladi. To‘lovni to‘lash va undan ozod etish masalalari qonun hujjatlarida belgilanadi. Bolalar musiqa va san‘at maktabining asosiy maqsadi yosh avlodning musiqa va san‘at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an‘analari va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma‘naviy va ma‘rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat.
Bolalar musiqa va san‘at maktabi o‘ziga biriktirilgan mol-mulk va xarajatlar bo‘yicha ajratilgan mablag‘larni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Bolalar musiqa va san‘at maktabi faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
- ota-onalar to‘lovi mablag‘lari;
- o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan tayyorlangan mahsulot va buyumlarni sotishdan tushgan mablag‘lar;
- asosiy mashg‘ulotlardan tashqari paytda bo‘sh binolar, inshootlar, asbobuskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
- xo‘jalik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
- o‘quvchilar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-tarbiya jarayoniga ta‘sir etmagan holda badiiy kechalar, kontsert va teatr tomoshalari tashkil etishdan olingan mablag‘lar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk muassasaning mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
Bolalar musiqa va san‘at maktabining mol-mulki va pul mablag‘lari sarflanishi uchun bevosita uning direktori javobgar hisoblanadi.Bolalar musiqa va san‘at maktabi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.
Bolalar musiqa va san‘at maktabi xodimlarini moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Bolalar musiqa va san‘at maktabi shtatidagi xodimlar soni muassasaning namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
Bolalar musiqa va san‘at maktabining namunaviy shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Bolalar musiqa va san‘at maktabining moddiy-texnika ta‘minoti va kadrlar bilan ta‘minlanishi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi.
Bolalar musiqa va san‘at maktabi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘zining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Mamlakatimizda yoshlar o’rtasida tobora ommalashib borayotgan ”Umid Nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini o’zida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda.
Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda sportchilarning o’z mahoratlarini muntazam oshirib borishlari, jismonan va ma‘nan yetukligini ta‘minlash bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish zarur.
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O’zbekiston sportchilariga to’lanadigan oylik to’lovlar va ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag’batlantirish miqdorlari belgilangan. Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o’yinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g’olib va sovrindor bo’lgan sportchilar uchun umrbod to’lanadigan oylik to’lovlar va ularning trenyerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig’isiz amalga oshirilishi nazarda tutilgan.


Download 478.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 478.19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Madaniyat va sport tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash

Download 478.19 Kb.