|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 14/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org4-g‘oya. Tizimlarda qaror qabul qilishda ko‘rib chiqilayotgan barcha tizimlar uchun yechimning natijalarini hisobga olish kerak. Ushbu g‘oyani ko‘rib chiqamiz.
Amaliyotda quyidagicha bo‘lishi kuzatiladi: har qanday darajada qaror qabul qilishdan osoni yo‘qday bo‘ladi. Bunda quyidagicha fikr kiritiladi: agar menga qiziq bo‘lmasa, boshqalarning qiziqishlarini nima uchun bilishim kerak? Biroq hisobga olinmagan tizimlar qiziqishlarning bunday qarorlarini amalga oshirishda ushbu qarorlarga qarshilik ko‘rsatish boshlanadi va oqibatida bajarilmaydi, qaror qabul qilgan uchun natija salbiy bo‘ladi.
Tizimli yondashuv turli qiziqishlarni hisobga olish va qarorni ishlab chiqishga boshqa tizimlarni jalb qilish nazarda tutiladi.
Murakkab obyektlarning analizini tizimli yondashuvi xarakteristikasi o‘rganilayotgan vaqtdan “umumiy” va “konkret” deb nomlanuvchi ikki aspektni ko‘rsatish mumkin.
“Umumiy” aspekt nuqtayi nazaridan, tizimli yondashuv – bu bilim va o‘rganishlarning materialistik metodlarini konkret amaliy qo‘llaniluvi va kutilmaganlik imkoniyatiga ega bo‘lishlik va haqiqatlilik, qism va butun sifatga ajratish kabi prinsiplarni o‘zida mujassamlashtirgan. Lekin dialektik yondashuv tizimli yondashuvga qaraganda universalroqdir.
Konkret aspekt nuqtayi nazaridan, tizimli yondashuv tizimlar analiziga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi va u quyidagilarda akslangan:
1. Eng avvalo e’tibor tizim tuzilishiga qaratilgan:
iyerarxiyaning turli sathlarida tizimning tarkibi;
quyi tizimlararo va tashqi muhit bilan aloqa xarakteri;
quyi tizimni fazoviy vaqt tashkil etishning xarakteri;
bunda strukturali analiz murakkabligi.
2. Butunligicha hamma tizimni butun yoki bo‘lakcha quyi tizimli funksiyalashtirish xarakterini ketma-ket o‘rganish.
3. Tizimning hayotiy aylanishining butun jarayonlarini ko‘rib chiqish: formalashtirish, rivojlanish, buzilish.
4. Butun tizimni tayinlashlarni aniq va to‘lig‘incha aniqlanganligi ehtimolligi:
maqsadning tarkibi va bildirishi;
tub maqsad va topshiriq;
ularni amaliy amalga oshirilishi va kerakli uskunalar;
samaradorlik ko‘rsatkichlari;
Shunday qilib tizimli analiz natijalaridan tashkil topgan hamma tizimning nazariy qismi uchta qismdan iborat bo‘lishi kerak:
Birinchi qism kerakli natijalarni olish maqsadida olib boriladigan funksional amallar bajaruvchi quyi tizim va elementlarga bogliq bo‘lgan tizimning kirishlarini o‘z ichiga oladi. Funksional yaratuvchanlikning hamma ko‘rinishi va hamma tegishli bo‘lgan amallar tizim nazariyasining ikkinchi qismini o‘z ichiga oladi.
Tizim nazariyasining uchinchi qismiga ixtiyoriy natija va tizimning funksonal tavsifi nazariyasi kiradi.
|
| |