Tijorat jarayonlarini modellashtirishdagi masalalar. BFD-Xarrington xaritasi




Download 378,85 Kb.
bet10/89
Sana12.12.2023
Hajmi378,85 Kb.
#116419
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

2. Tijorat jarayonlarini modellashtirishdagi masalalar. BFD-Xarrington xaritasi.
G2.1. Kommunikativlik qonuni. Bu qonun tizimning o‘zidan yo yuqori turgan, yo quyi turgan tizim bilan yoki bevosita tashqi muhit bilan aloqa qilishi bilan bog‘liq kommunikatsiyalar to‘plamini ifodalaydi.
G2.2. Iyerarxiklik qonuni. Iyerarxiklik – tizim qurilishining fundamental qonuni bo‘lib, bunda tizimning yaxlitlik xossasi iyerarxiyaning har bir pog‘onasida mavjud bo‘ladi.
Hech qaysi tizim real holatda tashqi muhitdan izolyatsiya qilingan emas, balki u yoki munosabat ostida doimiy aloqada bo‘ladi. Bunday tizimlar ochiq tizimlar deb atalib, ularning yaratilishi, faoliyat yuritishi, rivojlantirilishiga nisbatan qator talablar qo‘yilgan bo‘lib, bu talablar muayyan qonuniyatlar asosida bajariladi.
G3.1. Ekvifinallik qonuni. “Ekvifinallik” terminini dastlab ochiq tizimlarning qonuniyat­larini ifodalash uchun L. fon Bertalanfi fanga olib kirgan. Ekvifinallik – bu tizimning vaqtga yoki boshlang‘ich shartlarga bog‘liq bo‘lmagan holda muayyan bir holatga erishganlik usuli bo‘lib, bu usulda tizimning xususiyati uning parametrlaridan istisno holatda aniqlanadi.
Ekvifinallik qonuni hozirgacha ham to‘liq o‘rganilmagan qonunlar turkumiga kiradi va quyidagi bir nechta savolga javob berish kerak bo‘ladi:
1) tizimning aynan qaysi parametrlari uning ekvifinallik xususiyatini ta’min­laydi;
2) bu xususiyat qanday ta’minlanadi?
3) tashkiliy tizimlarda bu ekvifinallik qonuni qanaqa ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va hk.
G3.2. “Muqarrar xilma-xillik” qonuni. Bu qonunni fanga birinchi marta U.R.Eshbi kiritgan bo‘lib, u ba’zan “taribsizlik” qonuni deb ham yuritiladi. “Muqarrar xilma-xillik” tushunchasi kibernetika va tizimlar nazariyasining fundamental tushunchalarudan biri sanaladi. Xilma-xillik tizimning miqdoriy xarakteristikasi bo‘lib, Eshbi tizimning murakkabligini uning xilma-xillik xususiyatlari bilan bog‘laydi. Eshbi bu qonuniyat bilan tizim uchun asosiy boshqaruv tamoyilini shakllantirdi.
Bu qonunning mohiyati quyidagicha: tizimda boshqaruvchi qismiy tizimlar bilan bir vaqtda boshqariluvchi qismiy tizimlar ham mavjud bo‘lib, ularning o‘zini tutish qobiliyatlari ham turlicha bo‘lsin. Bunday holda boshqaruvchi qismiy tizimlarning xilma-xilligi boshqariluvchi qismiy tizimlarning xilma-xilligidan kichik bo‘lmasligi lozim. Boshqacha aytganda, boshqaruvchi qismiy tizim boshqariluvchi qismiy tizim (obyekt)dan ko‘ra murakkab bo‘lishi kerak. Aks holda tizimda boshqaruvchanlik qobiliyati yaxshi emas va u boshqaruv masalalarini hal etolmaydi, deb qaraladi. Eshbi bu qonuniyatga “xilma-xillikni xilma-xillik yengadi” shiori ostida yondashadi.



Download 378,85 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Download 378,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tijorat jarayonlarini modellashtirishdagi masalalar. BFD-Xarrington xaritasi

Download 378,85 Kb.