Berilganlar oqimini modellashtirish – DFD diagrammalari. DFD tarkibi




Download 378,85 Kb.
bet13/89
Sana12.12.2023
Hajmi378,85 Kb.
#116419
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

2. Berilganlar oqimini modellashtirish – DFD diagrammalari. DFD tarkibi.

Tizimli tahlil metodlarini yanada chuqurroq aniqlab olish uchun u foydalangan g‘oyalarni ko‘rib chiqamiz.


1-g‘oya. Murakkab obyektni o‘rganayotganda asosiy e’tiborni uning ichki qismlarining tuzilishiga emas balki, obyektning boshqa tizimlardagi tashqi aloqalariga ajratish lozim, garchi oxirgisi istisno qilinmaydi.
Misollar bilan aniqlaymiz.
Firmada biror bir muammo paydo bo‘ldi, masalan, sotuv hajmining kamayib ketishi, daromadning pasayib ketishi va hk. Muammoning oddiy yechishning yo‘li bu muammoni firmaning ichidan qidirishdan iborat: oldindan yozib qo‘yilgan texnologik yozuvlar tartibining buzilishi, noto‘g‘ri boshqaruv va hk. Ammo omadsizlik firmaning ichida bo‘lmasligi ham mumkin. Tizimli yondashuv ushbu tizimning (firmaning) yechimini ko‘rib, chiqarib beradi.
2-g‘oya. Murakkab obyekt o‘rganilayotganda ustunlik undan chiqariladigan strukturaning maqsadi va funksiyalariga beriladi, ya’ni tizimli tahlil bu – funksional yondashuvdir.
Bu g‘oyani izohlaymiz. Hayotda ko‘pincha teskari holat bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi, ya’ni obyektning strukturasi mavjud, u qandaydir funksiyaga ega, lekin shunga qaramay, undan kelib chiqadigan natijani bashorat qilish qiyin. Vazifasi oldindan ma’lum bo‘lgan texnik tizimlar haqida gap borganda bunday yondashuv jiddiy xatolikka olib kelmaydi. Inson yoki jamiyatdek murakkab tizimlar bilan ish olib borilganda an’anviy yondashuv katta xatoliklarga olib kelishi mumkin.
3-g‘oya. Tizimlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni yechishda zarur va bo‘lishi mumkin bo‘lgan, istalgan (kutilgan) va erisha oladigan, samaradorlik va uning uchun kerakli bo‘lgan resurslarni solishtirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, doimo talab qilinayotgan natijani olish uchun qanday “narx” to‘lash kerakligini nazarda tutish kerak.
Bu g‘oyani izohlaymiz. Biz turli maqsadlar qo‘yamiz va bundan ko‘p narsani kutamiz, lekin mavjud resurslarni, ya’ni fizik, intellektual, moddiy, energetik, moliyaviy axborot, vaqt va boshqalarni oldindan baxolay olmasak, u holda biz xohish va maqsadlarimizni amalga oshira olmaymiz. Buni esdan chiqarish esa bajarib bo‘lmaydigan loyihalarga, qaysiki, aniq natijani bermaydigan uzoq muddatli ko‘p sonli dasturlarga olib keladi (bu hayotda eng ko‘p uchraydi), xayoliy loyihalarga olib keluvchi asoratlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Download 378,85 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Download 378,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Berilganlar oqimini modellashtirish – DFD diagrammalari. DFD tarkibi

Download 378,85 Kb.