|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 12/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.orgSavol va topshiriqlar:
1. Tizim uchun qism va butun orasidagi o‘zaro ta’sir qonunlari haqida ma’lumot bering.
2. Tizimning qanday xususiyatlari 2-guruhdagi qonuniyatlar orqali ifodalanadi?
3. Ekvifinallik va “muqarrar xilma-xillik” qonunlari mohiyatan nimani ifodalaydi?
4. Tizim uchun tarixiylik qonuni nimani anglatadi?
Adabiyotlar:
1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. ИУТ, – М., 2005. – 304 с.
2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-Cанкт-Петербург: Ланг., 2019. – 128 с.
3. Крэг Ларман. Применение UML 2.0 и шаблонов проектирования. Практическое руководство. 3-е изд. Издательский дом “Вильямс”. – М.: 2013. – 736 с.
Reja:
1. Tijorat jarayonlarini bajarish ssenariylarini modellashtirish (IDEF3).
2. Berilganlar oqimini modellashtirish – DFD diagrammalari. DFD tarkibi.
3. “Mohiyat-aloqa” – ERD diagrammalari. Loyihalashdagi DATARUN texnologiyasi.
Tayanch tushunchalar: IDEF3; DFD diagrammalari; ERD diagrammalari; DATARUN texnologiyasi.
1. Tijorat jarayonlarini bajarish ssenariylarini modellashtirish (IDEF3).
Tizimni tavsiflashda asosan ikki turdagi metoddan foydalaniladi: sifatli metodlar va miqdorli metodlar.
Tizim qonuniyatlarini analitik bog‘liqlik ko‘rinishida ifodalash imkoni bo‘lmagan taqdirda uni tavsiflash uchun sifatli metodlardan foydalaniladi. Sifatli metodlar o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi:
1) aqliy hujum metodi;
2) ssenariy tipidagi metodlar;
3) ekspertli baholash metodlari;
4) “Delfi” tipidagi metodlar;
5) morfologik metodlar;
6) tizimli tahlil metodlari.
Tizimli tahlil deganda – murakkab tizimni har tomonlama ichki va tashqi aloqalarini tizimli o‘rganish tushuniladi.
Murakkab tizimlarni boshqarish muammosi, qaror qabul qilish muammosi tizimli tahlilning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish uchun boshqaruv obyekti – tizimni o‘rganish, shuningdek boshqarish maqsadini belgilash – tizimning zarur (maqsadga muvofiq bo‘lgan) holatini, ya’ni u intilishi lozim bo‘lgan holatni aniqlash lozim.
Tizimli yondashuvsiz hozirgi paytda yuqori professional faoliyatning birorta ham sohasi mavjud bo‘la olmaydi. Bugungi kunda tizimli yondashuv bilishning barcha sohalarida qo‘llanadi. Misol uchun texnik fanlarda tizimli texnika, menejmentda – boshqaruv tizimlari, biologiyada – biotizimlar va ularning tuzilmali pog‘onalari, sotsiologiyada – tuzilmaviy-funksional yondashuvning imkoniyatlari, tibbiyotda – murakkab kasalliklarni (kollagenozlar, tizimli vaskulitlar va hokazo) keng profilli terapevtlar (tizimli vrachlar) tomonidan tizimli davolash to‘g‘risida gap ketadi. Tizimli tahlil an’anaviy tarzda iqtisodiyotda (rejalashtirish, boshqarish), siyosatda (strategik yechimlarni ishlab chiqish), texnik fanlarda (ixtirochilik), moliyaviy sohada (brokerlik faoliyati) qo‘llaniladi.
Tizimli yondashuvni fanda qo‘llash, shuningdek, boshqa bilim sohalaridagi xususiy tizimli nazariyalarning muvaffaqiyati, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va axborot tizimlarining inson faoliyatining barcha sohalariga kirib borishi bilan tezlashtiriladi.
Tizimli tahlilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bir qator muhim omillarga olib keladi:
Birinchidan, real vaziyatlarni tadqiq qilish va ularning modelini qurishdagi muhim bosqich barcha mutaxassisliklar uchun umumiy hisoblanadi.
Ikkinchidan, birinchi navbatda murakkab tizimlarni loyihalash, shuningdek amaliy matematika bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir muhandis-mutaxassisliklar uchun tizimli tahlil yaqin kelajakda asosiy profilli kurslarga aylanishi shubhasizdir.
Uchinchidan, bir qator mamlakatlardagi amaliy tizimli tahlil amaliyoti shu narsani isbotlaydiki, bunday faoliyat so‘nggi yillarda ko‘pchilik mutaxassisliklar uchun kasbga aylanmoqda va rivojlangan mamlakatlarning ba’zi bir universitetlarida ana shunday mutaxassislarni tayyorlash boshlab yuborilgan.
To‘rtinchidan, tizimli tahlilni o‘qitish uchun qulay muhit bo‘lib oliygohni bitirgandan keyin ishlab chiqarishda bir necha yil ishlagan va o‘z tajribasida real hayotiy muammolar bilan ish ko‘rish oson emasligini sinab ko‘rgan mutaxassislar malakasini oshirish kurslari hisoblanadi.
Tizimli yondashuv insoniyatning sermahsul intellektual ixtirolari qatoriga kiradi va uni qo‘llashsiz deyarli hech qaysi sohada muvaffaqiyatli professional faoliyat olib borib bo‘lmaydi.
|
| |