|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 8/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org1.2. AT bo‘yicha xalqaro standartlar.
Reja:
1. ATlarining hayot siklidagi asosiy jarayonlarning ISO/IEC 12207 bo‘yicha mazmuni. Jarayonlarning mosligi.
2. Jarayonlarni hayot sikli bosqichlarini ISO/IEC 12207 bo‘yicha taqsimlash. Masalalar ketma-ketligi.
Tayanch tushunchalar: jarayonlar; ATlarning hayot sikli bosqichlari; ISO/IEC 12207; masalalar ketma-ketligi.
1. ATlarining hayot siklidagi asosiy jarayonlarning ISO/IEC 12207 bo‘yicha mazmuni. Jarayonlarning mosligi.
Tizimlar turli belgilariga qarab tasniflanadi (sinflarga ajratiladi) va bu belgilar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1) obyekt turiga ko‘ra: texnik, biologik, iqtisodiy, matematik, fizik, kimyoviy va hk;
2) tipiga ko‘ra: ochiq va yopiq;
3) o‘zini tutishi va strukturasining murakkabligiga ko‘ra: sodda va murakkab;
4) tashkil qilinganlik darajasiga ko‘ra: yaxshi tashkil qilingan, yomon tashkil qilingan hamda o‘zini o‘zi tashkillashtiruvchi.
5) tasvirlashning formal apparati turiga ko‘ra: determinatsiyalangan (aniqlangan) va stoxastik;
Texnik tizimlarga harakatlanuvchi obyektlar, energetika obyektlari, kimyoviy sanoat obyektlari, mashina qurilishi obyektlari, maishiy texnika va shunga o‘xshash obyektlarni misol keltirish mumkin. Texnik tizim obyektlari boshqaruv nazariyasi fanida yaxshi o‘rganilgan.
Biologik tizimlar tirik organizmlarga xos barcha jihatlarni o‘ziga qamrab oladi.
Iqtisodiy tizimlarga zavod va turli sohalarga tegishli korxonalarni misol keltirish mumkin. Agar tizimda tashqi muhit bilan axborot, energiya va shunga o‘xshash resurslarni o‘zaro almashish imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday tizimlar ochiq tizimlar deyiladi, aks holda yopiq tizimlar deyiladi. Ochiq tizimlar tushunchasi fanga birinchi marta K.L. fon Bertalanfi tomonidan kiritilgan.
2. Jarayonlarni hayot sikli bosqichlarini ISO/IEC 12207 bo‘yicha taqsimlash. Masalalar ketma-ketligi.
Murakkab tizim tushunchasi, umuman olganda, tizimlar uchun bir qiymatli bo‘lmagan tushuncha bo‘lib, ularni turli jihatlariga ko‘ra murakkab deyish mumkin, masalan, o‘lchami, strukturasi, o‘zini tutishi va hk.
Qanday tizimni murakkab deyish mumkin, degan savolga turli olimlar turlicha yondashganlar. Aniqroq aytganda, murakkab tizimlar uchun yagona ta’rif hali mavjud emas.
Masalan, angliyalik kibernetik olim S.Bir barcha kibernetik tizimlarni sodda va murakkab sinflarga ajratishda ehtimollar nazariyasi nuqtayi nazaridan ifodalanishiga qarab ajratish lozim, degan g‘oyani ilgari surgan bo‘lsa, A.I.Berg esa kamida ikkita turli matematika tili (masalan, differensial tenglamalar va Bul algebrasi) orqali ifodalash mumkin bo‘lgan sistemalar murakkab sistemalar bo‘ladi, degan fikrni beradi.
A.A.Voronovning fikricha esa, bir-biriga yaqinlashmaydigan kamida ikkita nochiziqli elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan sistemalarni murakkab sistemalar deyish mumkin.
Boshqa bir nazariyaga binoan, sistema murakkab deyiladi, agar uning turg‘un matematik modelini yozib bo‘lmasa.
Sistemani murakkab deyish mumkin, agar unda ro‘y berayotgan hodisalarning tabiati aniq ma’lum bo‘lmasa.
Sistemani murakkab deyish mumkin, agar unda juda ham ko‘p elementlar mavjud bo‘lib, bu elementlar o‘rtasidagi aloqalar haqida hech qanday ma’lumot bo‘lmasa.
Xususan, nazariyotchi olim G.N.Povarovning fikriga ko‘ra, eng sodda holda tizimdagi elementlar soniga qarab, uni turli murakkabliklar bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin, masalan:
1) kichik tizimlar deyiladi, agar elementlar soni 10-103 ta bo‘lsa;
2) murakkab tizimlar deyiladi, agar elementlar soni 104-107 ta bo‘lsa;
3) ultramurakkab tizimlar deyiladi, agar elementlar soni 108-1030 ta bo‘lsa;
4) supertizimlar deyiladi, agar elementlar soni 1031-10200 ta bo‘lsa.
Umuman olganda, sodda tizimlarni murakkab tizimlardan ajratib turuvchi aniq chegara yo‘q va bu chegara tizimlarning ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, shartli ravishda qo‘yiladi.
Agar tizimning barcha elementlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniq parametrlar bilan to‘la aniqlangan bo‘lsa, u holda bunday tizim yaxshi tashkil qilingan tizim deyiladi. Yaxshi tashkil qilingan tizimga Quyosh tizimi, yadro hamda elektronlardan iborat planetar sistema va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Barcha komponentlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ifodalash imkoni bo‘lmagan tizimlar yomon tashkil qilingan tizimlar deyiladi. Yomon tashkil qilingan tizimlarga diffuziya jarayoni, biologik populyatsiya, kimyoviy reaksiya va boshqalarni misol keltirish mumkin.
O‘zini-o‘zi tashkillashturivchi tizimlar deb tashqi va ichki ta’sirlarga qarab o‘zining ichki strukturasini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan tizimlarga aytiladi. Masalan, biologik tashkilotlar, kishilar jamoasi, korxona tashkilotlari, davlat va uning tarmoqlari o‘zini-o‘zi tashkillashturivchi tizimlarga misol bo‘la oladi.
Agar tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini vaqtga bog‘liq biror aniq funksiya bilan ifodalash imkoni bo‘lsa, demak, vaqtning istalgan lahzasi uchun uning joriy holatini va zarur bo‘lsa keyingi holatini ham analitik usulda ifodalash imkoni mavjud bo‘ladi. Odatda bunday tizimlar determinirlangan (aniqlangan) tizimlar deyiladi.
Ba’zi hollarda tizimning o‘zgarishi tasodifiy xarakterda bo‘ladi. Tasodifiy xarakterga ega tizimlarning esa joriy holati haqidagi ma’lumotlar uning keyingi holatini aniqlash, ya’ni bashorat qilish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Bunday tizimlarni biz stoxastik tizimlar deb ataymiz.
|
| |