|
AT loyihalash texnologiyasining rivojlanish bosqichlari. ATlarining hayot sikli
|
bet | 6/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org3. AT loyihalash texnologiyasining rivojlanish bosqichlari. ATlarining hayot sikli.
Agar tizimga berilgan turli ta’riflarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning qurilishi va ishlashi, rivojlanishida “element”, “maqsad” va “yaxlitlik” kabi parametrlar qatorida ular bilan teng kuchli bo‘lgan boshqa parametrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Quyida bu parametrlarning har birini tushuncha sifatida qarab, ularga tavsif berishga harakat qilamiz.
Demak, tizimlarninig qurilishi, ishlash faoliyati va rivojlanishini xarakterlovchi asosiy tushunchalar quyidagilardan iboratdir:
1. Tizimning elementi deganda, kelishilgan qoidaga muvofiq, tizimning bo‘linmas bir bo‘lagi tushuniladi. Boshqacha aytganda, element tizimning bo‘linish chegarasi yoki qismiy birligi bo‘lib xizmat qiladi.
Tizim tarkibiga kiruvchi har qanday elementning o‘zi ham mustaqil tizim sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
2. Qismiy tizim (tizim osti) deganda o‘zida tizimning barcha xossalarini saqlagan, muayyan bir guruh elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan ichki tizim tushuniladi.
Bir tizim tarkibida bir yoki bir nechta qismiy tizim hamda alohida ko‘rinishdagi avtonom elementlar bo‘lishi mumkin.
3. Tizimning strukturasi – bu tizimdagi elementlar, ularning muayyan tartibdagi joylashuvi hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar majmui bo‘lib, u tizimning mavjudligini va tavsifini ifoda etuvchi asosiy tushuncha bo‘lib xizmat qiladi.
Tizimning strukturasi grafik, matritsa, graf, iyerarxik tarzda hamda strukturani modellashtirishga mo‘ljallangan boshqa tillarda tasvirlanishi mumkin.
4. Tizimda aloqa deyilganda, tizim elementlarining tashqi muhit bilan va ichki muhitdagi o‘zaro axborot almashinuvi yoki ta’siroti tushuniladi.
Tizim o‘zining tuzilishi va maqsad-mohiyatiga ko‘ra statik hamda dinamik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Aloqa tizimning xuddi shunday xususiyatlarini tavsiflashda foydalaniladigan va hattoki tizimni ta’riflashda ham kuchli ishtirok etadigan asosiy tushunchalardan biri sanaladi.
Tizim elementlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarninng yuzaga kelishi tizimning yangi sifat ko‘rinishini ham hosil qiladi. Tizimda aloqa quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
4.1) yo‘naltirilgan va yo‘naltirilmagan aloqa;
4.2) kuchli va kuchsiz aloqa;
4.3) tashqi va ichki aloqa;
4.4) to‘g‘ri va teskari aloqa.
|
| |