|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 5/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.orgXossasi
|
A
|
1.
|
Tashqi quvvat manbai
|
1
|
2.
|
Temperatura datchigi
|
1
|
3.
|
Teskari aloqa
|
1
|
4.
|
Rele tipidagi regulyator
|
1
|
5.
|
Qizdiruvchi element
|
1
|
D2. Sistema – bu tashkillashtirilgan to‘plamdir (Ф.Е.Темников): S= (O, T).
Bu yerda: O – tashkilot operatori; T – elementlar to‘plami. Masalan:
T= {qizdiruvchi element; rele; temperatura datchigi};
O = {kirish → rele→ qizdiruvchi element → temperatura datchigi → rele}
D3. Sistema – bu elementlar, xossalar va munosabatlar to‘plamidir (А.И.Уёмов):
S = ({M}, {N}, {R})
Bu yerda: M – elementlar; N – xossalar; R – munosabatlar. Masalan:
M= {qizdiruvchi element; rele; temperatura datchigi};
N= {temperatura = qizdiruvchi element (tok, ish vaqti);
[ochiq / yopiq] = rele (tok);
qarshilik = temperatura datchigi temperatura)};
R= {kirish → rele→ qizdiruvchi element → temperatura datchigi → rele}
D4. Sistema – bu atrof-muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan, o‘zini tutish qobiliyatini ta’minlaydigan hamda struktura hosil qiluvchi elementlar to‘plamidir:
S= (X, Y, Z, T).
Bu yerda: x – elementlar; y – struktura; z – muhit; t – o‘zini tutishi. Masalan:
X= {qizdiruvchi element; rele; temperatura datchigi};
Y= {kirish → rele→ qizdiruvchi element → temperatura datchigi → rele}
Z= {220 V kuchlanishli tarmoq; material sirti}
T = {berilgan temperaturani saqlab tura olish muddati}
D5. Sistema kirishlar, chiqishlar, o‘tish va chiqish operatorlari bilan xarakterlanuvchi holatlar to‘plamidan iboratdir:
S = (X, Y, Z, H, G).
Bunday ta’riflarni ko‘plab keltirish mumkin. Ammo umumiy holda quyidagi ta’rif biz o‘rganadigan fan doirasida yetarli tushunchalarni bera oladi:
Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida, bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Bu elementlar to‘plami oddiy elementlar yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, har bir element ham o‘z navbatida tizim bo‘lishi mumkin.
|
| |