|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 9/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.orgSavol va topshiriqlar:
1. Tizimning elementi va qismiy tizim deganda nima tushuniladi?
2. Tizimning strukturasi va holati tushunchalariga izoh bering.
3. Tizim uchun aloqa tushunchasi nimani anglatadi?
4. Tizimning o‘zini tutishi deganda nima tushuniladi?
5. Tizim qanday belgilariga qarab tasniflanadi?
Adabiyotlar:
1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, университет информационных технологий, – М., 2005. – 304 с.
2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-Cанкт-Петербург: Ланг., 2019. – 128 с.
3. Крэг Ларман. Применение UML 2.0 и шаблонов проектирования. Практическое руководство. 3-е изд. Издательский дом “Вильямс”. – М.: 2013. – 736 с.
1.3. ATni modellashtirish
Reja:
1. Modellashtirish – ATni loyihalash asosi. Modellarni yaratishdagi asosiy yondashuvlar.
2. Tijorat jarayonlarini modellashtirishdagi masalalar. BFD-Xarrington xaritasi.
3. IDEF standartlari. Tijorat jarayonlarini tuzilmaviy modellashtirish.
Tayanch tushunchalar: modellashtirish; Block Flow Diagrams; Xarrington xaritasi; IDEF standartlari.
1. Modellashtirish – ATni loyihalash asosi. Modellarni yaratishdagi asosiy yondashuvlar.
Murakkab tizimlarning qurilishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishiga oid umumiy qonuniyatlar mavjud bo‘lib, ularni beshta guruhga ajratish qabul qilingan:
1-guruhdagi qonuniyatlar (qism va butun orasidagi o‘zaro ta’sir qonuniyatlari): yaxlitlik (yoki emerjentlik) qonuni; additivlik qonuni, sinergizm qonuni.
2-guruhdagi qonuniyatlar (iyerarxik tarzda tartiblanganlik qonuniyatlari): kommunikativlik qonuni; iyerarxiklik qonuni.
3-guruhdagi qonuniyatlar (tizimni amalga oshiruvchanlik qonuniyatlari): ekvifinallik qonuni; “muqarrar xilma-xillik” qonuni.
4-guruhdagi qonuniyatlar (tizimni rivojlantirish qonuniyatlari): tarixiylik qonuni; o‘z-o‘zini tashkillashtirish qonuni.
5-guruhdagi qonuniyatlar (barcha tizimlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar): ko‘p tizimlilik qonuni; “80/20” qonuni.
G1.1. Yaxlitlik qonuni. Tizim boshqa-boshqa vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bir nechta elementlardan tashkil topgan bo‘lib, bunda tizimning o‘z vazifasi bor va o‘z navbatida har bir elementning ham o‘z vazifalari bor. Ammo ular birlashib, yaxlit holda bir maqsad sari faoliyat ko‘rsatadi. Masalan, avtomashinada qismlar sifatida ovoz pasaytiruvchi moslama (глушитель) ham ishtirok etadi, bunda avtomashina yuk tashish vazifasini bajaradi, ovoz pasaytirgich moslama esa bu vazifadan mustasno, uni elektr tokini hosil qilib beruvchi moslamalarga (движок) ham o‘rnatishadi. Demak, mashinaning xossalari bilan tovush pasaytirgich moslama xossalari bir-biri bilan aynan bir xil emas. Bundan tizimning yaxlitlik qonunini ifodalovchi quyidagi ikki natijaviy xulosa kelib chiqadi:
1.1.1) tizimning xossasi uni tashkil etuvchi qismlarning xossalar yig‘indisiga aynan teng emas, ya’ni
, bu yerda
1.1.2) tizimning xossasi uni hosil qiluvchi qismlar xossasi bilan funksional bog‘liq (tizim o‘zining qismlariga bog‘liq holda mavjud bo‘ladi, rivojlanadi hamda faoliyat ko‘rsatadi, bunda bitta qismning o‘zgarishi qolgan barcha qismlarning o‘zgarishiga, qolaversa, butun tizimning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi):
1.1.3) tizim tarkibiga kirgan elementlar o‘zining tizimdan tashqaridagi, avvaldan mavjud bo‘lgan xossalarini yo‘qotib, yangi xossalarga ega bo‘ladilar:
.
Bu yerda: – tizim xossasi; – tizimdagi avvaldan mavjud bo‘lgan elementlarning xossalar to‘plami; – tizimga kirgan elementlarning bu tizimdan tashqaridagi xossalar to‘plami; – yangi elementlarning tizimga kirgandan keyin qabul qilgan xossalar to‘plami.
G1.2. Additivlik qonuni. Bu qonun tizimning o‘zini tutishiga nisbatan teskari holat, ya’ni birorta qismda yuz bergan o‘zgarish shu qismning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib, u butun tizimga ta’sir etmaydi. Tizimning bu xossasi o‘z navbatida fizik additivlik, alohidalik, jamlanuvchanlik, erklilik kabu tushunchalar bilan ifodalanadi. Tizimning additivlik qonuni quyidagi tenglikni e’tirof etadi:
G1.3. Sinergizm qonuni. Bu qonun tizimning ba’zi elementlari bir tomonlama, bir yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatgan jarayonda o‘zini namoyon etadi va bu multiplikativ xususiyatni kasb etadi. Sinergizmning additivlikdan farqi shundaki, tizimning samaradorligini aniqlashda alohida qismlarning samaradorligi jamlanmaydi, balki ko‘paytiriladi.
Misollar ko‘ramiz:
1. Faraz qilaylik, tizim ikkita kirish (x1 va x2) va bitta chiqish (y) ga ega bo‘lsin. U holda tizimning additivlik samaradorligi y = a1x1+a2x2 kabi, multiplikativlik samaradorligi esa y = ax1x2 kabi ifodalanadi.
2. Tibbiyotda isbot qilinganki, ba’zi dorilar alohida-alohida iste’mol qilingandan ko‘ra kombinatsiyalashgan holatda iste’mol qilinsa, organizmga ijobiy ta’sir qilish ko‘rsatkichi keskin katta bo‘lishi mumkin.
3. Iqtisodiy sohada ba’zi resurslarni birgalikda ishlatish ularni alohida ishlatgandan ko‘ra yaxshiroq foyda qolishi e’tirof etiladi.
|
| |