• 6.1. Tizim muvozanati
  • 6.3. Tizimning rivojlanishi
  • 7. Tizim uchun tashqi muhit
  • Savol va topshiriqlar
  • Adabiyotlar
  • Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua




    Download 378,85 Kb.
    bet7/89
    Sana12.12.2023
    Hajmi378,85 Kb.
    #116419
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
    Bog'liq
    Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

    5. Tizimning holati – tizimning oniy vaqtdagi mavjud xossalar to‘plami bo‘lib, u tizim tarkibidagi barcha o‘zgaruvchilarning shu oniy lahzadagi qiymatlarini ifodalaydi.
    6. Tizimning o‘zini tutishi – vaqtning istalgan lahzasida tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turishini bildiradi.
    Tizimning o‘zini tutishini xarakterlovchi asosiy tushunchalar: muvozanati, turg‘unligi, rivojlanishi va maqsadi.
    6.1. Tizim muvozanati deyilganda, muayyan vaqt davomida tashqi ta’sirotlarsiz o‘zining holatini qanchalik darajada saqlay olish qobiliyati tushuniladi.
    6.2. Tizimning turg‘unligi uning tashqi ta’sirdan so‘ng o‘z muvozanatini saqlay bilish qobiliyatini bildiradi.
    6.3. Tizimning rivojlanishi deganda undagi mavjud asosiy qonuniyatlarning o‘zgarishi tushuniladi. Bu tushuncha asosan tashkiliy tizimlardagi ba’zi murakkab jarayonlarni ifodalash uchun kiritilgan.
    6.4. Tizimning maqsadi faqatgina ijtimoiy, iqtisodiy va biologik tizimlar uchun aniqlangan bo‘lib, kibernetika hamda boshqa texnik sohalar uchun esa modelga “maqsad funksiyasi” tushunchasi kiritilgan.
    7. Tizim uchun tashqi muhit – tizim tarkibiga kirmagan elementlar to‘plami bo‘lib, ularning o‘zgarishi tizimning o‘zini tutishini o‘zgartirishga olib kelishi mumkin.
    8. Model – bu tizimning bir guruh xossalarini aks ettiruvchi ifoda bo‘lib, uni yaratish orqali tizimning o‘zini tutishiga oid ba’zi xulosalarni oldindan chiqarish mumkin.
    Savol va topshiriqlar:
    1. Tizim nima va u atama sifatida qanday ma’nolarni anglatadi?
    2. Moddiy va mavhum tizimlarga misol keltiring.
    3. Tizimlar qanday turkumlarga ajratib o‘rganiladi?
    4. Tizimni aniqlashda qaysi atamalardan ko‘proq foydalaniladi?
    5. Tizimga nisbatan qo‘yilgan talablar nimalardan iborat?
    6. Aristotel tizimga qanday ta’rif bergan?
    7. L. fon Bertalanfi tizimga qanday ta’rif bergan?


    Adabiyotlar:
    1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, университет информационных технологий, – М., 2005. – 304 с.
    2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-Cанкт-Петербург: Ланг., 2019. – 128 с.
    3. Крэг Ларман. Применение UML 2.0 и шаблонов проектирования. Практическое руководство. 3-е изд. Издательский дом “Вильямс”. – М.: 2013. – 736 с.

    Download 378,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




    Download 378,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua

    Download 378,85 Kb.