|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq mamlakatimizda-va-xorijiy-davlatlarda-maktabgacha-talim-yonalishidagi-olib-borilgan-ilmiy-tadqiqot-ishlari (1)Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 870 www.ares.uz
Birinchi, salomatlikni asrovchi funksiya, bolalarning jismoniy va ruhiy
rivojlanishi jarayoni ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib tashkil
etilishda va amalga oshirilishda namoyon bo'ladi, shuningdek, bola vujudining aniq
ekologik va ijtimoiy muhitda barqaror hayotchanligini saqlashga yo'naltirilgan
bo'ladi;
Ikkinchi - rivojlantinivchi funksiya, ta'lim jarayonining "madaniyatli kishi"
asosini shakllantirishga qaratilganligidan iboratdir, bu "...bolaning aqliy, ma'naviy va
jismoniy layoqatlarini to'laqonli" ("Bola huquqlari to'g'risida konvensiya", 29-modda)
rivojlantirishda barcha bolalarga teng dastlabki shart-sharoitni ta'minlash (BMT
konvensiyasi) bilan to'la bog'liqdir;
Uchinchi - tuzatuvchi funksiya, bolalarning jismoniy va ruhiy
rivojlanishidagi kamchiliklarni malakali tuzatishni amalga oshirish bilan bog'liq;
To'rtinchi - bola yoshi rivojlanishning yangi bosqichiga o'tishida uzviylikni
ta'minlash funksiyasi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini
ta'minlashga yo'naltirilgan prinsiplarga quyidagilar kiradi:
barcha asosiy yo'llar bo'yicha bolaning to'laqonli rivojlanishini ta'minlash
prinsipi;
bolaning yosh va shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun maktabgacha
ta'limning o'zini-o'zi qoplashi prinsipi;
ta'lim jarayonini amaliy tashkil etish prinsipi, u yetakchi va o'ziga xos
bolalar faoliyat turlarining o'zaro bog'liqligiga, bola rivojlanishining amaliy asoslarini
predmetli boyitishni taqozo qiluvchi zaruratga asoslanadi;
maktabgacha ta'limning shaxsga qaratilganlik tavsifi;
bola tomonidan ijtimoiy-madaniy tajribani ijodiy "o'zlashtirishni" ta'minlash
prinsipi, u ijodiy faoliyatni shakllantirish vositalarini "ishga solishni" nazarda tutadi;
ularni amalga oshirish maqsadlari va vositalarining birligi prinsipi.
Maktabgacha ta'lim sifati - natija haqida bola shaxsini rivojlantirish nuqtai
nazaridan bolalar quyidagi shaxsiy natijalarni qanday egallaganiga qarab so'z yuritish
mumkin: tizimli tabaqalanadigan malakalilik:
til malakasi, bolaning o'z fikrlari, istaklari va niyatlarini nutq vositasida va
nutqsiz vositalarda erkin ifodalashni nazarda tutadi;
ijtimoiy malaka, har bir insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni, uning
o'ziga xosliklari va manfaatlarini tushunish mahoratini, uning hissiy holatidagi
|
| |