1.1. O‘qitish maqsadi va vazifalari
O‘qitish maqsadi:
Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator sharoitlarda turli kasalliklarni davolashda fizioterapiya usullarini qo‘llash, profilaktika maqsadida va chiniqish jarayonida tabiiy va sun'iy omillarini qo‘llash, turli kasalliklarda bemorlarni qayta tiklash va reabilitatsiya bosqichlarida fizioterapevtik usullarini to‘g‘ri tavsiya qilish va umumiy davolash kompleksida qo‘llash.
O‘qitish vazifalari:
-shifoxona amaliyotida davolashning fizikaviy usullaridan mohirona foydalanishni talabalarga o‘rgatish;
-davolashda muayyan tabiiy va fizikaviy omillarni qo‘llash uslublarini o‘zlashtirish;
-kasallik jarayonini surunkali shaklga o‘tish yo‘lining oldini olish va kasallik asoratlarini fizikaviy usullar yordamida bartaraf etish;
-kasalliklarni oldini olishda va organizmni sog‘lomlashtirishda fizikaviy usullarni tug‘ri qo‘llash.
1.2.Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar
|