Talaba ko‘nikmalarni orttirishi kerak:
-fizik muolaja usullarini mustaqil bajarishni;
-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishni;
-fizik apparatlarni muolajalarga tayyorlashni;
-birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni.
1.3.O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
Fizioterapiya fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, biofizika, biokimyo, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, nevrologiya, LOR va ko‘z kasalliklari, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.
|