|
Kimyo fanining juda koʻp nazariy va amaliy masalalarini aniq, tezkorliu bilan hal etishda fizikaviy usullar oʻzining tutgan oʻrni bilan ajralib turadi
|
bet | 4/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #230874 |
Bog'liq 1-мавзу1.2.Elektormagnit toʻlqinlar spektri.
Hozirgi zamon taʼlimotlariga koʻra yorugʻlik ham zarracha, ham toʻlqin xususiyatiga ega, yaʼni har qanday nur suv yuzasidagi toʻlqinlar kabi tarqaladi.
Toʻlkinlar - toʻlkin uzunligi λ (lambda), toʻlqin balandligi A (amplitudasi) va shu toʻlqinning tarqalish tezligi S kabi kattaliklarga ega.
Ariq suvidagi toʻlqinlar uzunligi uncha katta boʻlmagan holda okean va dengizlar yuzasidagi toʻlqinlar uzunligi bir necha oʻn metrga yetadi. Toʻlqin tarqalayotgan joydan sal nariroqda bir nuqtani belgilab, shu nuqtadan bir sekundda oʻtgan balandliklar yoki chuqurliklar (boshqacha qilib aytganda tebranishlar) soni aniqlansa, toʻlqin chastotasi υ topilgan boʻladi. Chastota birligi qilib gers qabul qilingan. Bir gers – bir sekunddagi tebranilar.
Toʻlqin tezligi (S), uzunligi (λ) va chastotasi (υ) orasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlib, bu bogʻlanish quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Yorugʻlik va elektromagnit toʻlqinlar uchun S oʻzgarmas kattalikdir (S =300.000 km\s). Demak, birinchi tenglamaning chap tomoni oʻzgarmasligi hisobga olinsa, λ bilan υ oʻrtasidagi bogʻlanish kelib chiqadi. Bu tenglamaga muvofiq toʻlqin uzunligi va chastotasi teskari proporsional boʻlib, λ oshsa υ kamayadi.
1.3.Yorugʻlik koʻzga koʻrinadigan nur.
Bundan tashqari, inson koʻzi sezmaydigan rentgen, ultrabinafsha, infraqizil va radio toʻlqinlar ham mavjud. Nurlarning barcha turlari elektroromagnit toʻlqinlar deb ataladi. Turli xil nurlar toʻlqin uzunliklarini ortib borish tartibida joylashtirilsa, elektromagnit spektr hosil boʻladi. Bu spektr toʻlqin uzunligi bir necha yuz kilometr boʻlgan past chastotali toʻlqin (oʻzgaruvchan tok) bilan boshlanib, toʻlqin uzunligi santimetrning yuz milliondan bir ulushiga teng boʻlgan gamma (radioaktiv) nurlar bilan tugaydi. Quyida elektromagnit spektrning fizikaviy usullarda koʻllanadigan sohalari keltirilgan (1-jadval).
1-jadval
Elektromagnit spektr sohalari
Toʻlqin uzunligi
|
10-3 km
|
10 km
|
400 km
|
800 km
|
300 mkm
|
300mm
200mm
|
Spektral soha
|
Rentgen nurlar
|
Ultrabinafsha nurlar
|
Koʻzga koʻrina- digan nurlar
|
Infrakizil nurlar
|
Mikrotoʻl- qinli nurlar
|
Qisqa radio toʻlqinlar
|
Kuzatilayotgan yutilish spektri
|
|
Elektron spektr
|
IK- spektr
|
YAMR-spektr 1
EPR-spektr
|
Elektromagnit spektrdagi har qanday nur muayyan energiyaga ega boʻladi, yaʼni har qanday nur oʻzida maʼlum miqdorda energiya tashiydi. Bu energiya nur chastotasi bilan bogʻliq boʻlib, uning miqdori Plank formulasi asosida hisoblanadi:
h- Plank doimiysi, 6*62510-34 Dj. Gs-1 ga teng.
υ – chastota.
Formuladan koʻrinib turibdiki, nur energiyasi uning chastotasiga proporsionaldir.
Moddaga tushirilgan nur undan oʻtib ketishi yoki yutilishi mumkin. Nur yutilganda modda molekulasi turli oʻzgarishlarga uchraydi. Bu oʻzgarishlarning xarakteri nurning tabiatiga va moddaning tuzilishiga bogʻliq. Eng qisqa toʻlqinli gamma (radioaktiv) nurlar yadrolarning energetik holatini oʻzgartiradi (gamma rezonans spektroskopiya).
Gamma nurlarga nisbatan uzunroq toʻlqin uzunligiga ega boʻlgan rentgen nurlari atomlarning ichki, yadroga yaqin qavatlardagi elektronlar energiyasini oʻzgartiradi (rentgenospektroskopiya).
Ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlar taʼsirida molekula va atomlar valent elektronlarning energetik holatlari oʻzgaradi (UB va elektron spektrlar). Infraqizil nurlar esa molekuladagi atomlarni tebrantiradi (IQ yoki tebranma spektrlar).
Radio toʻlqinlar esa, yadro va elektron spinlarining energetik holatini oʻzgartiradi (YAMR va EPR spektroskopiya).
Aniqlanayotgan modda tomonidan elektromagnit toʻlqinlarning tanlab yutilishini oʻlchashga asoslangan fizikaviy usullar - spektroskopik usullar deyiladi. Elektromagnit toʻlqinlar spektrining qaysi qismida yutilish sodir boʻlayotganligiga qarab spektroskopiya ikki asosiy qismga boʻlinadi:
1.4. Optik nurlarning yutilishiga asoslangan optik spektrokopiya: ultrabinafsha va infraqizil (IQ) spektroskopiyadan iborat.
Quyida biz IQ – spektroskopiya ustida batafsilroq, qolgan spektroskopik usullar haqida qisqa toʻxtalib oʻtamiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kimyo fanining juda koʻp nazariy va amaliy masalalarini aniq, tezkorliu bilan hal etishda fizikaviy usullar oʻzining tutgan oʻrni bilan ajralib turadi
|