Kimyo fanining juda koʻp nazariy va amaliy masalalarini aniq, tezkorliu bilan hal etishda fizikaviy usullar oʻzining tutgan oʻrni bilan ajralib turadi




Download 3,12 Mb.
bet1/9
Sana14.05.2024
Hajmi3,12 Mb.
#230874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-мавзу


KIRISH
“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmeti” yoʻnalishi va “Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi” mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olayotgan boʻlajak bakalavrlar hamda magistrantlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining asosiy sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini bilishlari shart. Shu maqsadda metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat sohalari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi bakalavrlar tayyorlash namunaviy oʻquv rejasiga asoslanib, mualliflar “Fizik kimyoviy tadqiqot usullari” deb nomlangan ushbu qoʻllanmani yaratdilar. Unda asosan fizikaviy usullarga eʼtibor qaratilgan.
Kimyo fanining juda koʻp nazariy va amaliy masalalarini aniq, tezkorliu bilan hal etishda fizikaviy usullar oʻzining tutgan oʻrni bilan ajralib turadi.
Kimyo sohasi boʻyicha yetishib chiqqan yosh mutaxassislar zamonaviy fizikaviy usullar xaqida yetarli bilimga ega boʻlishlari kerak.
“Fizik kimyoviy tadqiqot usullari” fani institutning “Avtomobilsozlik” fakultetida 2009-yildan beri kurs sifatida oʻqitilib kelinmoqda. Eʼtiboringizga havola etilayotgan ushbu qoʻllanma matniga, spektroskopiya turlari jumladan optik spektroskopiya (ultrabinafsha, infraqizil), radiospektroskopiya (yadromagnit rezonansi) va ionizatsiyalanish uslubi (mass-spektroskopiya, shuningdek atom absorbsion analiz, mikroskopiya, lyuminessent, spektrofotometriya, fotometriya, polyarimetriya, xromotografiya va boshqa usullari kiritilgan. Har usulning oʻz imkoniyatlari va kamchiliklari mavjud. Shuning uchun yuqoridagi usullarni birgalikda ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Oʻquv qoʻllanmada ayrim oziq-ovqat (etil spirti va alkogol, goʻsht va sut, dori vositalari, oʻsimlik moylari) va nooziq-ovqat (neft va neft mahsulotlari, toʻqimachilik materiallari, rangli metallar, polimer ulardan olinadigan mahsulotlarni hamda bogʻlovchi moddalar, keramika, yogʻoch) mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari tavsifi berilgan.
Talabalarning bilimini baholash maqsadida oʻquv qoʻllanmada test savollari berilgan boʻlib, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sinov qurilmalari yordamida oʻrganish hamda spektroskopiya turlarining nazariyalariga bagʻishlangan masalalar ularning matnida oʻz ifodasini topgan.


Download 3,12 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 3,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyo fanining juda koʻp nazariy va amaliy masalalarini aniq, tezkorliu bilan hal etishda fizikaviy usullar oʻzining tutgan oʻrni bilan ajralib turadi

Download 3,12 Mb.