• 1.5. Radio toʻlkinlarning yutilishiga asoslangan radiospektroskopiya.
  • Kimyo fanining juda koʻp nazariy va amaliy masalalarini aniq, tezkorliu bilan hal etishda fizikaviy usullar oʻzining tutgan oʻrni bilan ajralib turadi




    Download 3,12 Mb.
    bet7/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,12 Mb.
    #230874
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-мавзу

    4-rasm Kofeinning UB — spektri

    UB – spektroskopiyadan turli turli maqsadlarda foydalanish mumkin.


    Quyida shulardan baʼzilarini koʻrib chiqamiz:

    1. Sintez qilingan modda bilan adabiyotda taʼriflangan moddaning bir xil yoki bir xil emasligini isbotlash mumkin. Buning uchun har ikkala moddaning bir xil sharoitda olingan UB – spektrlari taqqoslanadi.

    2. Molekulada vodorod bogʻlanishlar bor-yoʻqligi aniqlanadi.

    3. UB - spektroskopiyadan foydalanib, ikkita vodorodi almashingan benzol hosilalaridagi oʻrinbosarlarning joylanish tartibini aniqlash mumkin.

    4. Yutilish intensivligi yoki optik zichlik modda konsentratsiyasiga proporsional boʻlganligi uchun UB — spektroskopiya farmatsevtik kimyoda birikmalarning miqdorini aniqlashda ham qoʻllanilmoqda.



    1.5. Radio toʻlkinlarning yutilishiga asoslangan radiospektroskopiya.
    Radio toʻlqinlarning yutilishiga asoslangan radiospektroskopiya — yadromagnit rezonansi (YAMR) va elektronlar paramagnit rezonansi (EPR) spektroskopiyadan tashkil topgan.


    1.5.1. Yadro magnit rezonansi -
    YAMR usuli.
    YAMR yoki PMR hodisasini birinchi boʻlib 1946-yilda AQSH da Persell va Blox, Angliyada esa Rollin kuzatdilar. Ammo YAMR ning organik ximiyada qoʻllanilish imkoniyatlari faqat 1953-yili koʻrsatib berildi va shu vaqtdan boshlab YAMR usuli tez surʼatlar bilan rivojlanib bormokda.
    YAMR usuli, koʻpincha, oddiy kimyoviy usullar bilan erishib boʻlmaydigan natijalarni olishga imkoniyat beradi, shuning uchun ham u yildan-yilga organik birikmalarning nozik strukturasini aniqlashda keng qoʻllanilmokda.
    YAMR usuli toq sonli massaga ega boʻlgan atomlar (masalan, massa soni 1 boʻlgan vodorod 1N) saqlangan molekulalarni oʻrganish uchun qoʻllaniladi, chunki faqat yadrodagi protonlar soni toq boʻlgandagina u magnitga kompensatsiya qilinmagan boʻladi va magnit maydoniga qoʻyilganda maʼlum sharoitda unga yoʻnaltirilgan radiotoʻlqinlar energiyasini yutadi. YAMR usuli qoʻproq vodorod yadrosi uchun tadbiq etiladi, chunki barcha organik birikmalar tarkibida vodorod tutadi. Shunday qilib, biz vodorod yadrosi protonining |rezonansiga asoslangan proton magnit rezonansi (PMR) haqida fikr yuritamiz.
    Moddalarning PMR – spektrlari YAMR – spektrometrlarda yozib olinadi. Hozir 60,100 Mgs (megagers, 1 megagers – 106 gers) chastotada ishlaydigan spektrometrlar mavjud. PMR – spektrlar odatda eritmalarda (modda suyuq boʻlsa, shu holicha) olinadi. Spektr olish uchun zarur boʻlgan modda miqdori 25 – 30 mg. Erituvchi sifatida PMR – spektr bermaydigan erituvchilar (CCl4, CS5) yoki CDCl3 – deyteroxloroform ishlatiladi.
    Yadro magnit rezonansini hosil qilish uchun modda eritmasi ampulaga solinib, YAMR – spektrometrdagi yuqori kuchlanishli doimiy magnit maydoniga koʻyiladi va undan radiochastotali oʻzgaruvchan tok oʻtkaziladi. Oʻzgaruvchan tokning chastotasi generatordan oʻzgartirilib turiladi. Modda energiya yutganda zanjirdagi tok kamayib ketadi. Energiya yutilishi tugagandan keyin zanjirdagi asli holiga qaytadi.
    Modda energiya yutganda zanjirdagi tokning kamayib ketishi YAMR – spektrometrdagi maxsus kuchaytirgich orqali avtomatik yozuv asbobida choʻqqisimon chiziq koʻrinishida yozib olinadi. Shunday qilib, YAMR – spektrometr yordamida organik birikma tarkibidagi vodorod yadrolari protonlariga oid signallar yozib olinadi (5 va 6-rasm).


    Download 3,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyo fanining juda koʻp nazariy va amaliy masalalarini aniq, tezkorliu bilan hal etishda fizikaviy usullar oʻzining tutgan oʻrni bilan ajralib turadi

    Download 3,12 Mb.