|
- rasm. PMR – spektrometrning oddiy blok sxemasi
|
bet | 8/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,12 Mb. | | #230874 |
Bog'liq 1-мавзу5- rasm. PMR – spektrometrning oddiy blok sxemasi.
1-modda solingan ampula; 2-magnit; 3-rezonans registratori; 4-oʻzgaruvchan radionurlatgich generatori.
6- rasm. Etil spirtning PMR-spektri.
1.6. Mass – spektrometriya.
Organik birikmalarning tuzilishini oʻrganishda qoʻllaniladigan muhim fizikaviy usullardan yana biri mass-spektrometriyadir. Bu usul optik va radio spektroskopik usullardan tubdan farq qiladi.
Mass-spektrometriya gaz holatidagi moddani mass spektrometr, deb ataladigan asbobda chuqur vakuumda (10-7, 10-9 mm simob ustunida) elektronlar oqimi bilan bombardimon qilib parchalash va hosil boʻlgan ionlarni - “boʻlak”larni analiz qilishga asoslangan. Organik moddalar elektronlar oqimi bilan bombardimon qilinishidan oldin bugʻ holatiga oʻtkaziladi, chunki bugʻ holatida moddaning elektronlar oqimi bilan toʻqnashishi tezroq sodir boʻladi.
Odatda, elektronlar oqimi energiyasi 40-60 elektron - volt (ev) atrofida boʻladi. Bu energiya ionlanish energiyasidan va molekuladagi bogʻlarni uzish uchun kerakli energiyadan ancha koʻp. Bombardimon qilayotgan elektronlar taʼsirida moddadan dastlab bitta elektron ajralib chiqadi va molekulyar ion deb ataluvchi kation (M+) hosil boʻladi. Hosil boʻlgan ion (M+)ning molekulyar massasi dastlabki organik moddaning massasi bilan bir xil boʻlishi oʻz-oʻzidan tushunarli. Soʻngra hosil boʻlgan molekulyar ion (M+)ning bir qismi, baʼzan hammasi parchalanadi. Bunda hosil boʻlgan fragmentlar, asosan musbat zaryadlangan ionlar, ayrim hollarda esa radikallar yoki neytral molekulalar boʻlishi mumkin.
Molekulalarning fragmentlarga parchalanishi u yoki bu bogʻning qay darajada mustahkamligiga, yaʼni moddaning tuzilishiga bogʻliq. Shuning uchun mass-spektr boʻyicha oʻrganilayotgan modda molekulasidan qanday va qancha mikdorda fragmentlar hosil boʻlganini aniqlab, modda tuzilishi haqida hulosa chiqarish mumkin. Organik moddalar chuqur vakuumda bombardimon qilingani uchun ionlar kam miqdorda hosil boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, spektrning murakkablashib ketmasligini taʼminlaydi.
Odatda tekshirilayotgan modda mass-spektrning sezgirligi yuqori boʻlgan ossillograflar yordamida fotoqogʻoz lentalariga tushiriladi. Fotolentalarga tushirilgan mass-spektr chiziqlarining har biri maʼlum massasini bildirib, bu kattalik m/e - massasining zaryadga nisbati sifatida qabul qilingan. Bu qiymat ionning spektrda qaysi nuqtada joylashishini belgilaydi. Masalan, metil spirti SN3 – ON ning spektridagi M+ 32 m/e, uning fragment ionlari esa, 29 m/e, - 15 m/e qiymatlarda koʻrinadi.
Yoki etil spirti, M+ 46 m/e, uning fragment ionlari esa, 45 m/e, 43 m/e, 31 m/e, 28 m/e, 15 m/e (7 va 8 rasm).
|
| |