|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 4/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаA.M. Muzaffarov (1909-1987) O‘zbekistonda eksperimental algologiyaning asoschisidir. Olim mikroskopik suv o‘tlarini iqlim, ekologik sharoitlarga qarab taraqqiy etishini o‘rganib mamlakatimizning suv o‘tlari va tuban o‘simliklarining ta’rifnomasini nashr qilgan. Respublikamizda suv o‘tlarini katta hajmda o‘stirib, qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun sanoat qurilmalarini ishlab chiqqan.
A.G. Xolmuradov (1939-1997) mikroorganizmlarni vitaminlari va kofermentlarini o‘rgangan. Shu birikmalardan biologik preparatlar tayyor-lab, ularni chorvachilikda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqqan.
Xolmuradov O‘zR fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti-ning direktori bo‘lgan vaqtida mikrobiolog - fan doktorlari pleyadasi (atoqli arboblar guruhi)ni tayyorladi. Hozirgi vaqtda ular O‘zbekistonda mikrobiologiya fanining asosiy yo‘nalishlarini boshqarib bormoqdalar.
M.I. Mavlyani O‘zbekiston mintaqasining achitqilarini o‘rgangan. Oziq- ovqat sanoati uchun yuqori faol (aktiv) achitqilarning turini tanlovi, yangi navlari (seleksiyasi) va tasnifini (sistematikasini) yaratdi. Olima achitqilarning faol turlarini non va vino ishlab chiqarishlarga joriy qildi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilarini asosida achitqilar yordamida oqsilga boy em tayyorladi.
Q.D. Davronovning ilmiy ishlari mikroorganizmlar fermentlari sohasida bo‘lib, ayniqsa lipaza bo‘yicha chuqur tadqiqotlar qilgan. Olim, lipaza fermentini faol ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarning yangi navini yaratib, ularning maxalliy shtammlari lipazani sintez qilishi yo‘llarini o‘rgandi hamda ferment tarkibini (strukturasini) va issiqqa bardoshlik mexanizmini aniqladi.
S.S. Ramazonova mog‘or zamburug‘larini o‘rganib, O‘zbekiston mog‘or zamburug‘larining ko‘p jildli ta’rifnomasini nashr qildi. Paxtada vilt kasalini qo‘zg‘atuvchi mog‘orning to‘rtta irqini ajratib olib, ularning xususiyatlarini to‘liq yoritib yozdi.
M.M. Murodov molekulyar genetikasi sohasida izlanishlar olib bordi. Olim, bakteriofagiya va uning biologik ahamiyatini o‘rganib, amaliy jihatdan muhim mahalliy miroorganizmlarning fagga bardoshli shtammlarini oldi. Mikroorganizmlarning genetik sistemasini transduksiyasi, lizogen konversiyasini o‘rgandi.
J.Q. Qutliev tabiatni muhofaza qilishga oid ishlab chiqarish korxo-nalarining oqova suvlarini tarkibida uchraydigan zaharli moddalarni parchalaydigan mikroorganizmlar ahamiyatini o‘rganib kelmoqda. O‘zbekistondagi neftni qayta ishlash zavodlarida hosil bo‘lgan oqova suvlar, olim tavsiya qilgan mikroorganizmlar yordamida tozalanmoqda. Tog‘ jinslari kombinatini oqova suvlaridagi sian moddalari maxsus bakteriyalar bilan parchalanmoqda.
J.T. Toshpo‘latov O‘zbekistonda sellyulozani parchalaydigan mog‘or zamburug‘larini taraqqiy etishini o‘rganib, olti yuzga yaqin shtammlarni ajratib olib, xususiyatlarini o‘rgandi. Olim faol shtammlarni g‘o‘zapoya va boshqa dag‘al o‘simlik qoldiqlaridan silos tayyorlash uchun qo‘lladi. Bunda oqsil, aminokislotalar va boshqa ozuqa moddalari hosil bo‘lib, hayvonlar uchun to‘liq ozuqali em tayyorlanadi.
S.M. Xojiboeva O‘zbekiston tuproqlaridagi aktinomitsetlarni o‘rganib, ular orasidan muhim qishloq xo‘jalik o‘simliklaridan paxta, sholining kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarga qarshi antagonistlarni topdi. Eng faol antagonistlarni hosil qiladigan antibiotiklarni xususiyati, tuzilishi va o‘simlikka ta’sir etish mexanizmini aniqladi.
A.X. Vaxobov O‘zbekistonning turli o‘simliklarini (paxta, bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, pomidor, garmdori va boshqalar) fitoviruslarini ajratib olib, toza preparatlarini oldi, ularga zardoblar tayyorladi va ishlab chiqqan tezkor usullar yordamida viruslarga chidamli navlarni ajratdi. U navlarni immunologiya usullari bilan ajratib oldi.
|
| |