|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 6/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаMikroorganizmlar tarqaladigan asosiy manbalar:
Tuproq va suv. Zavodlar va uning mahsulotlari. Ishlab chiqarish idishlari. Oshqozon-ichak trakti. Oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlovchilari. Yemlar. Hayvonlar. Havo va chang
Nazorat savollari
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi fani nimani o‘rganadi?
Mikroorganizmlar dunyosi qaysi guruh mikroblardan iborat?
Prokariot organizmlar bilan eukariot organizmlarning bir-biridan farqi qanday?
Texnik mikrobiologiya nimani o‘rganadi?
Lui Paster mikrobiologiya fanining asoschisi.
Robert Kox mikrobiologiyaning buyuk vakili.
Nima sababdan mikrobiologiya XX asrda ravnaq topdi?
8. Qaysi olimlar mikrobiologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar?
2-MA’RUZA
BAKTEROYALARNING SHAKLI, HUJAYRA TUZILISHI VA HARAKATLANISHI BAKTERIYALARNING TABIATDA TARQALISHI
Reja:
Bakteriyalarning tashqi ko‘rinishi
2. Bakteriya hujayrasining tuzilishi
3. Bakteriyalarning harakatchanligi
Bakteriyalarning tashqi ko‘rinishi
Ko‘pchilik bir hujayrali mikroorganizmlar bakteriyalar guruhiga kiradi. Hozirgi davrda 2500 xil bakteriyalar ma’lum. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha bakteriyalar uchta asosiy guruhga bo‘linadi: sharsimon; tayoqchasimon yoki silindrsimon; buralgan. Bakteriyalarning buralgan shakllari ichida yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilari uchraydi. Shuning uchun ular tibbiy mikrobiologiyaning o‘rganish ob’ektlariga kiradi.
Sharsimon bakteriyalar to‘g‘ri shar ko‘rinishiga ega. Lekin ularning ba’zilari shakliga ko‘ra sham, lanset, loviya, kofe urug‘ini eslatadi. Hujayralarning joylashishiga ko‘ra (bo‘linishdan keyin) kokklar quyidagilarga bo‘linadi:
Mikrokokklar (grekcha mikros - kichik) - yakka yoki tartibsiz joylashgan hujayralar.
Diplokokklar (grekcha diplos - ikkilangan) - juft-ju^ bo‘lib joylashadi. CHunki hujayralar bo‘linganidan keyin tarqalib ketmaydi (laktokokklar).
Streptokokklar (grekcha streptos - buralgan, o‘rilgan) - dumaloq yoki cho‘zilgan shaklda bo‘lib, ular hujayralarning bo‘linishi natijasida bir tekislikda zanjir hosil qiladi va orasidagi bog‘larni saqlaydi.
Tetrokokklar fgrekcha tetra - to‘rt) - to‘rtta kokkning o‘zaro birikishi
Sarsinlar (grekcha sarcino - birlashtiraman) - bo‘linish natijasida paydo bo‘lgan 8 ta yoki undan ortiq hujayralarning 3 ta o‘zaro perpEndikulyar tekislikda joylashuvchi kokklar to‘plami
Stafilokokklar (grekcha starnyle - uzum shodasi) - turli tekisliklarda bo‘linish natijasida hujayralarning uzum shodasiga o‘xshab yig‘ilishi.
Gonokokklar (gonoreyaning qo‘zg‘atuvchilari) kofe urug‘i shakliga ega bo‘lib, juft va bir-biriga botiq tomonlari bilan qaragan.
Pnevmokokk va meningokokklar - shakliga ko‘ra sham shulasini eslatadi va juft-juft bo‘lib keng asoslari bilan ichkariga qarab joylashgan.
Tayoqchasimon bakteriyalar turli uzunlik va diametrga, silindrik shaklga ega, hujayra uchlarining shakli va hujayralarning o‘zaro joylashishiga ko‘ra farqlanadi. Tayoqchalarning uchlari kesilgan (o‘lat tayoqchasi), uchli (fuzobakteriyalar), dumaloq (ichak tayoqchasi), uchlari kengaygan (difteriyaning korinbakteriyalari).
Tayoqchalar yakka-yakka, juft, zanjir, panjara, rozetka bo‘lib joylashishi mukin. Tayoqchasimon bakteriyalar ichida endosporalar hosil qiluvchi batsilla 8 (lotincha bacillus - tayoqcha) va klostridiyalar (grekcha closter - charx), spora hosil qilmaydigan (psevdomonadalar, ichak tayoqchalari, salmonellalar, protey tayoqchalari va boshq.) uchraydi.
Korinbakteriyalar turiga tegishli difteriya qo‘zg‘atuvchilari urug‘lar tayoqchalar uchlarida polifosfatlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Shoxsimon shakllarni hosil qiluvchi tayoqchalar mikobakteriyalar turiga kiradi (tuberkulyoz mikobakteriyalari, aktinomitsetlar, bifidobakteriyalar).
Buralgan bakteriyalar. Buralgan shakllarga quyidagi bakteriyalar kiradi:
Vibrionlar (lotincha vibrio - egilgan) - vergul belgisini eslatuvchi biroz egilgan tayoqchalar (vabo embrioni);
Kampilobakterlar - hujayralarda chag‘alay qanotiga o‘xshash egilgan qismlari bor;
S pirillalar -
kam egilgan shakllar, 3-5 ta bukilishga ega;
Spiroxetalar - kuchli egilgan shakllar - ko‘p bukilgan joylarga ega ingichka, uzun egilgan hujayralar. Spiroxetalar ichida inson uchun patogen bo‘lgan turlar uchraydi. Bular
leptospira (Leptospira), treponema (Treponema), borellia (Borrelia) turlarining namoyondalari.
1-rasm. Bakteriya hujayralarining tashqi ko‘rinishi.
mikrokokk; 2-diplokokk;
tetrokokk; 4-streptokokk;
stafilokokk; 6-sarsina;
bakteriya; 8-batsilla;
streptobakteriya;
10- streptobatsilla; 11-vibrion; 12-spiroxeta; 13-spirilla.
Yuqorida ko‘rsatilgan bakteriyalardan tashqari ipsimon, ko‘p hujayrali yoki bir hujayrali shoxchalangan bakteriya turlari hamda yon o‘simtalari bor turlari ham bo‘ladi.
Kokk formali bakteriyalarning o‘rtacha diametri 1-2 mikronga tengdir. Tayoqchasimon bakteriyalarning o‘rtacha diametri 0,5-1 mikron bo‘ladi, uzunligi esa 1-4 mikron. Ammo juda maydalari - pigmeylar diametri 0,3 mikron, bahaybatlarining (kartoshka tayoqchasi) uzunligi esa 10 ц gacha bo‘ladi.
Bakteriya hujayrasining o‘rtacha og‘irligi 4•10-13 gr. atrofidadir.
|
| |