|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 8/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаSitoplazma kiritmalari:
- nukleoid - bakterial hujayraning nasl tashuvchisi, ya’ni uning bakteriyalarning o‘sish va ko‘payishiga qarab o‘zgaruvchi (butunlay quruq moddaning 20-40foiz) dezoksiribonukleoproteidlardan tuzilgan diffuz yadrosi.
mezosomalar - eukoriot organizmlarning mitoxondriyasiga o‘xshash, bakteriya hujayrasining energiya manbai. U RNK va oksidlovchi - qaytaruvchi fermentlar ushlaydi.
telakoidlar - xaltasimon yoki trubkasimon strukturali bo‘lib, o‘zida pigment (xlorofil va karotinoid)lar saqlaydi va buning natijasida fotosintez qiluvchi bakteriyalar to‘liq fotosintez prsessini amalga oshiradi.
ribosomalar - oqsil va RNK dan tuzilgan, hujayrada oqsil biosintezida asosiy rolni o‘ynaydi.
granulalar - modda almashinish reaksiyalarida ishlatiladigan zahira oziqa moddalari. Granulalar tarkibida - polisaxaridlar glikogen (hayvon kraxmali) yoki granulyoza (tuzilishiga ko‘ra kraxmalga o‘xshash), shu bilan birga yog‘lar yoki mineral komponentlar (serobakteriyalarda - oltingugurt, temirbakteriyalarda - temir) bo‘ladi. Bakterial hujayra och qolganda valyutin donachalarini ishlatadi.
Mikrob hujayrasida oqsillar qatori nuklein kislotasining (RNK va DNK) ahamiyati juda katta. Ular yordamida har bir organizm uchun kerak bo‘lgan oqsil hosil bo‘ladi.
Bakterial hujayrasining qarishi jarayonida vakuollar hosil bo‘ladi. Ularning ichida hujayraning sharbati, mineral tuzlar va qandlar to‘planadi.
Hujayra tarkibida taxminan 80 foiz suv va 20 foiz quruq moddalar bo‘ladi.
Kapsulali bakteriyalarning biri Leuconostoc mesenteroides qand ishlab chiqaruvchilarni ko‘p tashvishga soladi. Bu mikroblar tozalanmagan lavlagi sharbatiga tushib, ko‘payib, uni bemaza shilliq massaga aylantiradi. Ular bir kechada yuzlab kilogramm sharbatni aynitishi mumkin. Atsidofil qatiqda esa kapsulali, foydali bakteriyalar - Lactobacterium acidornilus rivojlanadi. Uning kapsulasi hujayrasiga nisbatan 20 martta kattaroqdir.
Ba’zi ipsimon bakteriyalar tanasi atrofida qattiq g‘ilof hosil bo‘ladi. O‘sha g‘iloflar qobig‘ning qotib qolgan qatlamlaridan hosil bo‘lgan.
Bakteriyalar qobig‘i o‘simliklar qobig‘iga yaqin bo‘lsada, ularda kletchatka bo‘lmaydi. Bakteriyalar qobig‘i oqsil, mo‘mga o‘xshash modda, lipid va xitindan iborat.
|
| |