|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 16/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаNazorat savollari
Tuban zamburug‘lar yuqori zamburug‘lardan qanday belgilariga ko‘ra farqlanadi?
Yuqori va tuban zamburug‘lar sinflarini ayting.
Tuban zamburug‘lar namoyondalarini ayting.
Askomitsetlar sinfi zamburug‘lari namoyondalarini ayting.
Bazidiomitsetlar sinfi zamburug‘lari namoyondalarini ayting.
Deyteromitsetlar sinfi zamburug‘lari namoyondalarini ayting.
Oziq-ovqat sanoatida mog‘or zamburug‘lari qanday ahamiyatga ega?
Achitqilarning umumiy tavsifi.
Achitqi hujayralarining shakli va kattaligi.
Achitqi huj ayrasining tuzilishi.
5 - MA’RUZA
MIKROORGANIZMLAR FIZIOLOGIYASI
Reja:
1. Mikroorganizmlarning modda almashinuvi.
2. Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi.
3. Mikroorganizmlarning oziqlanishi.
4. Mikroorganizmlarning nafas olishi
5. Mikroorganizmlarning fermentlari
Tayanch so‘z va iboralar: Mikroorganizmlar fiziologiyasi, modda almashinuvi, anabolizm, katabolizm, suv, organik va mineral moddalar, mikroelementlar, oqsillar, nukleoproteidlar, uglevodlar, yog‘ va yog‘ga o‘xshash moddalar, osmos, turgor, plazmoliz, plazmopsiz, geterotrof, avtotrof, saprofit, parazit, fotosintez, xemosintez, ozuqa muhitlari.
Fiziologiya mikroorganizmlarning muhim hayot funksiyalarini o‘rganadi: oziqlanish, nafas olish, o‘sish, ko‘payish va tashqi muhitga bo‘lgan reaksiyalarini. Fiziologiyaning asosiy masalalaridan biri: mikroorganizmlarni tashqi muhit bilan bo‘lgan o‘zaro ta’siri. Mikroorganizmlar hayoti tashqi muhit bilan chambarchas bog‘langan. Masalan, chirituvchi bakteriyalar go‘shtga tushib, uni chiritadi, achitqilar qandli eritmalarni spirt va karbonat angidridga aylantiradi va h.k. Faqat mikroorganizmlar fiziologiyasini bilgan xolda odam, mikroblarning hayot jarayonlarini o‘rganib, zararli mikroblarni yo‘q qilib, foydalilarini esa halq xo‘jaligida ishlatishi mumkin.
|
| |