• Mikroorganizmlarning modda almashinuvi
  • Mikroorganizmlarning modda almashinuvi




    Download 1,53 Mb.
    bet17/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Mikroorganizmlarning modda almashinuvi
    Eukariot organizmlar bilan prokariot organizmlar o‘rtasidagi farqga qaramay, ulardagi modda almashinuvi o‘xshashdir.
    Modda almashinuvi (metabolizm) so‘zi hamma tirik mavjudotlarga tegishli bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi ikki - anabolizm va katabolizm protsesslarini birlashtiradi. Kimyoviy birikmalarning biosintezi natijasida mikroorganizm hujayrasiga turli yo ‘llar bilan kirgan moddalarning ishlatilishi anabolizm (yoki konstruktiv almashinuv) deyiladi. Mikroorganizmlarning fiziologiyasi uchun energiya oziqa moddalar (uglevodlar, yog‘lar va boshqa birikmalar)dan olinishi natijasida katabolizm (yoki energetik almashinuv) sodir bo ‘ladi.
    Anabolizm bilan katabolizm juda kam xollarda bir biridan ajratiladi (masalan, gomofermentativ sut kislotali bijg‘ishdagi anabolizmda deyarli uglevodlar ishlatilmaydi).
    Mikroorganizmlarning hayot kechirishi uchun ularning tashqi muhit bilan modda almashinuvi eng zarur omildir. Mikroorganizmlarning modda almashinuvi tashqi muhitdan hujayraga ozuqaning kirishi va ularning hayot jarayonida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarning chiqib ketishidan iborat. Modda almashinuvining asosiy jarayonlariga oziqlanish va nafas olish kiradi.
    Oziqlanish - bu ozuqaning hujayraga kirib o‘zlashtirilishi (anabolizm). Bir qism ozuqa o‘zlashtirilib, mikrob hujayrasining qurilishiga va hujayraning har xil moddasining yangilanishiga ketadi. Ozuqaning boshqa qismi yangilanib, energiya hosil qiladi. Energiya hujayraning hamma hayot funksiyalarini ta’minlaydi.
    Nafas olish jarayonida murakkab organik moddalardan tortib soddaroq moddalargacha oksidlanadi, ba’zan esa - mineral moddalar ham oksidlanadi (katabolizm).
    Oziqlanish va nafas olish jarayonlari o‘zaro maxkam bog‘liq bo‘lib, organizmda bir vaqtda o‘tadi. Bunda doim parchalanish va sintez reaksiyalari o‘tib turadi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mikroorganizmlarning modda almashinuvi

    Download 1,53 Mb.