Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi




Download 1,53 Mb.
bet18/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi
Mikroorganizmlarning hayot kechirishini o‘rganish uchun ularning kimyoviy tarkibini bilish zarur. Mikroorganizmlarning hujayrasi hayvon va o‘simliklar hujayrasi kabi suv va quruq moddadan iborat. Quruq modda esa organik va mineral modda birikmalaridan tashkil topgan. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha mikroorganizmlar bir-biridan farq qiladi. Bir xil turdagi mikroblarning ham hujayralarini kimyoviy moddalari yoshiga, ozuqa va tashqi muhitga qarab o‘zgarib turadi. Hozirgi vaqtda mikrob hujayrasida 70 dan ortiq kimyoviy element aniqlangan.
Hamma tirik organizmlar qatori mikroorganizmlar ham muhim biogen elementlar - uglerod, azot, kislorod va vodorod, ko‘pgina makro- va mikroelementlar, shu bilan birga asosan B guruhidagi vitaminlarga muhtoj.
Mikroorganizmlarga zarur oziqa manbalari 4 guruhga bo‘linadi:

  • organogen (uglerod, vodorod, kislorod, azot) elementli moddalar. Mikroorganizmlarda oqsil, yog‘ va uglevodlarni tuzish uchun;

  • kam miqdorda, lekin mikroorganizmlarda modda almashinuvida ishtirok etadigan moddalar (fosfor, kaliy, oltingugurt, magniy);

  • mikroelement manbalari (marganets, temir, kumush, mis, rux, nikel, yod, molibden, rubidiya, vanadiya va boshqalar);

  • organik moddalar, shular qatorida vitaminlar.

Suv mikroblar tanasining eng asosiy massasini tashkil qiladi va unga mikroblarning og‘irligini 70-90 foizi to‘g‘ri keladi. Suvda hamma muhim organik va mineral moddalar erib turadi. Faqat suv borligidagina tirik hujayrada ko‘pchilik kimyoviy reaksiyalar o‘tib borishi mumkin.
Suvning bir qismi hujayraning kolloidlari bilan bog‘lanib, hujayraning strukturasiga kiradi va uni bog‘langan suv deyiladi. Suvning boshqa qismi erkin suv bo‘lib, hujayraning organik va mineral moddalarini eritib turadi. Tashqi muhitning sharoitiga qarab, hujayrada erkin suvning miqdori o‘zgarib turadi. Hujayradan erkin suv yo‘qolsa modda almashinuvi o‘zgaradi; bog‘langan suvning yo‘qolishi esa hujayraning halok bo‘lishiga olib keladi.
Suvdan tashqari mikrob hujayrasi oqsil, uglevod, lipoid, ferment, vitamin va xilma-xil mineral moddadan tashkil topgan.
Oqsil ko‘pchilik bakteriyalarda quruq vazniga nisbatan 50-80 foiz bo‘ladi, achitqilarda quruq vazniga nisbatan 40-60 foiz, mog‘orlarda esa 15-40 foiz. Yosh hujayralarda, qarisiga nisbatan, oqsil ko‘proq bo‘ladi.
Oqsillar mikroorganizmlar hujayrasining asosiy strukturasini tashkil etadi hamda xilma-xil va murakkab funksiyalarni bajaradi, shularning ichida nasl saqlanishini ham. Mikroblar hujayrasida oqsillar ko‘p bo‘lib, ular aminokislotalar tarkibi bilan bir biridan farq qiladi.
Mikroblar oqsillarining tuzilishi va aminokislotalarning terilishi turlidir. Har bir tirik organizm: hayvon, o‘simlik, mikrob, ferment ham o‘ziga xos xususiyatli oqsilga ega bo‘ladi.
Oqsillar orasida nukleoproteidlar katta ahamiyatga ega, ularning tarkibida aminokislotalardan tashqari DNK va RNK bo‘lib, ular oqsil sintezini vujudga keltiradilar.
Uglevodlarning ham ahamiyati katta. Ular oqsil va yog‘ning sintezida hujayra qobig‘i kapsulalarining qurilishida xizmat qiladi va nafas olish jarayonida energetik material sifatida xizmat qiladi.
Uglevodlar bakteriyalarning quruq moddasini 10-30 foizini, mog‘or zamburug‘larning 40-60 foizini tashkil etadi. Uglevodlar mikroorganizmlar hujayrasida mono- va disaxarid shaklida, ammo ko‘proq polisaxaridlar: glikogen, dekstran, kletchatka va unga yaqin birikmalarda bo‘ladi. Pentozalar DNK va RNK tarkibida, glikogen jamg‘arma ozuqa moddasida, dekstran va unga yaqin birikmalar, qobiq va kapsula tarkibida uchraydi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi

Download 1,53 Mb.