|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 21/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаTayanch so‘z va iboralar: Aerob, anaerob, qat’iy anaerob, fakultativ anaeroblar, lyuseferin, lyuseferaza, endoferment, ekzoferment, ferment spetsifikligi, aktivator, ingibitor.
Mikrob hujayrasiga kirgan oziqa moddalari, unda murakkab aylanishlarga uchraydi. Bu aylanishlarga ma’lum miqdorda energiya talab qilinadi.
Energiya mikroorganizmlar hujayrasining organik moddasini sintez qilish uchun, hamda ularning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi uchun ham kerak.
Hamma tirik organizmlarning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji nafas olish jarayonida qoniqtiriladi.
Inson, hayvon va o‘simliklarda nafas olish jarayonida organik moddalarning erkin, kislorod bilan oksidlanishida karbonat angidrid bilan suv hosil bo‘ladi va bunda ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi.
Kislorodga munosabatiga ko‘ra mikroorganizmlar - 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi:
Obligat (qat'iy) aeroblar, bularga ko‘pchilik prokariotlar kiradi va ularning normal o‘sishi uchun yashash muhitidagi kislorod 40-50 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Ular energiyani bijg‘ish yo‘li bilan ololmaydi. Bu mikroorganizmlarda modda almashinuvi bo‘lishi uchun, ular molekulyar O2 ga muhtoj. Asosan obligat aeroblar oziqa muhitining yuza qismida rivojlanadi. Ularga mikrokokklar, B. subtilis va boshqalar kiradi.
Mikroaerofillar yashash muhitida O2 juda kam miqdorda bo‘lishiga qoniqadi (1-2 foiz).
Obligat (qat 'iy) anaeroblar umuman molekulyar O2 ga muhtoj emas, chunki ular uchun O2 zaharli. Obligat anaeroblar H2O2 0,0003 foiz konsentratsiyasida halok bo‘ladi, aeroblar esa 0,015 foizni ko‘tara oladi, ya’ni 50 barobar ko‘p. Clostridium turiga kiruvchi bakteriyalar obligat anaeroblarga kiradi. Ular asosan asosan tuproqda yashaydi va insonlar uchun havfli bo‘lgan kasalliklarni - C.tetani
qoqshol, C.botulinum - botulizm, C.perrfigens - gazli gangrenani keltirib chiqaradi.
Fakultativ anaeroblar ham kislorodli, ham kislorodsiz muhitlarda yashaydilar. Streptokokklar, stafilokokklar va ichak tayoqchalari bu guruhning tipik vakillaridir. Masalan ichak tayoqchalari uglevodli muhitda qandni bijg‘itib, anaeroblardek rivojlanadi, so‘ngra esa hosil bo‘lgan bijg‘ish mahsulotlarini aeroblar singari CO2 va H2O gacha oksidlaydi.
|
| |