• Hujayralarning mineral moddalari
  • Mikroorganizmlarning oziqlanishi Mikroorganizmlarning oziqlanishi butun tanasi orqali osmotik yo‘l bilan amalga oshadi. Osmos
  • Yog‘ va yog‘ga o‘xshash moddalar (lipoidlar)




    Download 1,53 Mb.
    bet19/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Yog‘ va yog‘ga o‘xshash moddalar (lipoidlar) o‘rtacha hisobda mikroorganizmlarda quruq vazniga nisbatan 3-7 foizdan oshmaydi. Ba’zi mog‘or zamburug‘lari va achitqilarda 60 foiz va undan ortiq bo‘ladi. Yog‘ bog‘langan holda qobiq va protoplazmada hamda erkin holda jamg‘arma ozuqa moddalarida bo‘lib, energetik material vazifasini bajaradi.
    Hujayrada organik moddalardan yana organik kislotalar va ularning tuzlari, pigmentlar, vitaminlar va boshqa moddalar mavjud. Pigmentlar hujayra sharbatida joylashadi.
    Hujayralarning mineral moddalari ham turli. Fosfor katta ahamiyatga ega, chunki u nuklein kislotalar, koferment, fosfolipid tarkibiga kiradi. Temir, magniy, kaliy va boshqa elementlarning ham ahamiyati kam emas. Agar ozuqada birorta hayot uchun muhim element bo‘lmasa, mikroorganizm o‘smaydi. Mineral moddalar hujayrada osmotik bosimi bilan boshqaradi va ko‘p bioximik reaksiyalarda qatnashadi.
    Mikroorganizmlarning oziqlanishi
    Mikroorganizmlarning oziqlanishi butun tanasi orqali osmotik yo‘l bilan amalga oshadi. Osmos - bu eritmalarda moddalarning yarim o‘tkazgich membranadan diffuziya bo‘lishi. Bunday membranadan har xil moddalar turli tezlik bilan o‘tadi, ba’zi moddalar esa, shu jumladan kolloid xoldagilari, o‘ta olmaydilar.
    Masalan, bakteriyalarda shunday membrana bo‘lib qobiq va sitoplazmaning membranasi xizmat qiladi (misol, kallodiydan bo‘lgan xaltachani kraxmal eritmasi bilan to‘ldirib, kam miqdorda yod qo‘shilgan suvga solinsa, xaltachadagi kraxmal ko‘karadi. Yod va kraxmal birikmasi hosil bo‘ladi). Demak, kraxmal molekulasi yodnikidan maydaroq bo‘lgani sababli va kraxmal eritmasi kolloid xolda bo‘lgani uchun membranadan yod molekulalari o‘tadi.
    Agar yarim o‘tkazgich membrananing ikkala tomonida osmotik bosim har xil bo‘lsa, osmos hosil bo‘ladi. Eritma diffuziya yo‘li bilan doim osmotik bosim yuqori bo‘lgan tomonga qarab harakat qiladi va osmotik bosimning farqini yo‘qotishga xarakat qiladi. Masalan sabzi, turp so‘lib qolganda ularni suvga solib qo‘yilsa, sabzavotlar hujayralarida osmotik bosim yuqori bo‘lgani tufayli, suv sabzavotlar hujayralariga qarab xarakat qiladi.
    Bu xol hujayraning hayot kechirishida muhim ahamiyatga ega.
    Umuman hujayrada tashqi muhitga nisbatan osmotik bosim doim biroz yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun tashqi muhitdan hujayraga suv doim oqib kiradi. Ko‘pchilik mikroorganizmlarnig hujayrasini ichki bosimi 3-8 atmosferaga teng bo‘ladi. Ba’zilarida esa bir necha o‘n va yuz atmosferaga etadi. Suv sitoplazmani sitoplazmatik membrana va qobig‘iga bosib turadi. Bu bosim qobig‘ini cho‘zib turadi va turgor bosimi deb ataladi. Agar tashqi muhitdagi bosim kattaroq bo‘lsa, sitoplazma ezilib, yorilib, hujayra qobig‘iidan uziladi - bu plazmoliz. Tashqi muhitda osmotik bosim juda past holda - plazmoptis bo‘ladi. Bunda sitoplazmaga ortiqcha suv to‘lib ketib, hujayra qobig‘iini yirtib yuboradi. Plazmoliz va plazmoptis hujayra uchun zararli. Bu oziqlanishning eng sodda va sxematik tushintiruvi. Aslida esa, bu jarayon murakkabroqdir.
    Oziqlanish usuli bo‘yicha mikroorganizmlar juda xilma-xil. Ba’zilari tayyor organik modda bilan oziqlanadi, ular geterotrof deb nomlanadi, boshqalari hujayrasining organik moddasini mineral moddalardan tuzadi - ular avtotrof deb ataladi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yog‘ va yog‘ga o‘xshash moddalar (lipoidlar)

    Download 1,53 Mb.