|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 20/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаGeterotroflar: saprofit va parazitlarga bo‘linadi. Saprofitlar hayvon va o‘simliklar substratidan hamda tuproq suvidagi organik moddalardan oziqlanadilar va ko‘p oziq-ovqatni aynitadilar. Parazitlar faqat tirik organizmda rivojlanadi. Eng muhim ozuqa elementlaridan uglerod va azotdir.
Mikroorganizmlarning uglerodni o‘zlashtirishi. Avtotroflarga mineral birikmalardan organik moddani sintez qilish uchun energiya kerak. Bu energiyani ular ba’zi mineral moddalarning oksidlanish reaksiyalaridan oladilar. Bu jarayon xemosintez deb ataladi. Ba’zi mikroorganizmlar mineral moddadan organik moddani sintez qilish uchun quyosh energiyasidan foydalanib fotosintez qiladilar.
Fotosintez qiluvchi bakteriyalarga suv o‘tlari va pigmentli bakteriyalar kiradi. Ular tarkibida bakterioxlorin va bakteriopurturin pigmentlari mavjud bo‘lib, yashil o‘simliklardagi xlorofill vazifasini bajaradi.
Xemosintez qiluvchi bakteriyalarga vodorod bakteriyalari (vodorodni suvgacha oksidlaydigan), nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar (ammiakni azot kislotasigacha oksidlaydigan) va boshqalar kiradi.
Mikroorganizmlarning azotni o‘zlashtirishi. Azot - mikroorganizmlarning o‘sishi va rivojlanishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Bu element hujayra devorining azot ushlovchi polimerlari, nuklein kislotalar va oqsil sintezi uchun zarur. Uning miqdori bakteriya va mog‘or zamburug‘i hujayrasida deyarli bir xil: shunga ko‘ra mutloq quruq moddaning 12 va 10 foizini tashkil qiladi.
Mikroblar uchun azot ozuqasi turlidir: oqsil moddalardan boshlab havo azotigacha. Har bir tur azotli ozuqani o‘zlashtirishda o‘rtadagi mahsulot sifatida ammiak hosil bo‘lib, u keyin hujayraning oqsilini sintez qilishga ketadi.
Ko‘pchilik saprofitlar (bakteriya, mog‘or zamburug‘i, achitqilar) azotni oqsil moddalaridan, ularning parchalaridan va mineral azotli birikmalardan oladilar.
Parazitlar ayniqsa azotga talabchan bo‘ladi. Ular faqat tirik organizmlarning azotli moddalarini o‘zlashtira oladilar.
Avtotroflar azotni ammiakli, azotli va nordon azotli tuzlardan oladilar.
Mikroorganizmlarning mineral elementlarni o‘zlashtirishi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar: oltingugurt, fosfor, magniy, temirni mineral tuzlardan o‘zlashtira oladilar. Ba’zilari esa elementlarni organik moddalardan oladilar.
Mikroelementlardan: rux, marganets, kobalt, nikel, bor va boshqalarini mikroorganizmlar tabiiy ozuqa substratidan o‘zlashtiradilar.
Kislorod va vodorodni mikroorganizmlar suv va boshqa ozuqa moddalaridan oladilar.
Ba’zi mikroorganizmlar o‘sishi uchun o‘stiruvchi moddalarni talab qiladilar, chunki ularsiz o‘sa olmaydilar va ko‘paymaydilar. O‘stiruvchi moddalarga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, vitaminlar va gibberellinlar kiradi. Mikroorganizmlarning yuzasi hajmiga nisbatan katta bo‘lgani sababli ularda intensiv modda almashinuvi boradi. Masalan, bitta bakteriya 1 sutkada tanasining og‘irligiga nisbatan 30 barobar ko‘proq ozuqa iste’mol qiladi.
|
| |