|
- MA’RUZA
MIKROORGANIZMLARNING NAFAS OLISHI MIKROORGANIZM FERMENTLARI
|
bet | 23/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маъруза6 - MA’RUZA
MIKROORGANIZMLARNING NAFAS OLISHI MIKROORGANIZM FERMENTLARI
Reja:
1. Mikroorganizmlarning nafas olishi
2. Mikroorganizmlarning fermentlari
3. Spetsipik fermentlar.Ekzoferment, endoferment
Mikroorganizmlarning anaerob nafas olishi
Anaerob mikroorganizmlarda hayot kechirish uchun energiya, kislorodsiz nafas olishda - bijg‘ishda hosil bo‘ladi.
Bijg‘ish - bu oksidlanish - qaytarilish jarayoni bo‘lib, bunda vodorodning akseptori xizmatini aerob nafas olishda ishlatiladigan molekulyar kislorod emas, boshqa moddalar bajaradi.
Masalan, achitqilarning anaerob sharoitda kislorodsiz nafas olishi xalq xo‘jaligida keng qo‘llanadi:
C6H12O6 = 2C2H5OH + 2CO2 + 27 kkal (0,1106 Dj)
Bunda oz energiya ajralib chiqadi, chunki oldingi tenglamalarda ko‘rdikki, spirtda 326 kkal energiya saqlanib qolgan.
Shuni ta’kidlash kerakki anaerob nafas olishga (bijg‘ishga) nisbatan aerob nafas olishda ajraladigan energiya ancha ko‘p bo‘ladi.
Spirtli bijg‘ishda kislorodsiz nafas olishda ajralgan energiya bir gramm- molekula qandning aerob oksidlanishida ajralgan energiyaga nisbatan 25 marta kamroq.
Achitqilar fakultativ anaeroblar bo‘lgani sababli, ular ham aerob, ham anaerob sharoitda nafas olishlari mumkin. Anaerob nafas olishda achitqilar o‘zlarini etarli energiya bilan tamin qilish uchun aerob usuliga qaraganda ancha ko‘proq miqdorda energetik materialni ishlatadilar. Shu sababli spirtli bijg‘ishda kam miqdordagi achitqilar ko‘p miqdordagi qandni spirt va karbonat angidridga aylantiradilar.
Sut kislotali mikroorganizmlar ham fakultativ anaeroblardir, energiyaning ko‘p qismi sut kislotasida qoladi.
C6H12O6 = 2CH3CHOHCOOH+ 18 kkal (0,075⸱106 Dj)
Agar sut kislotasi to‘liq oksidlansa ~ 285 kkal energiya hosil bo‘ladi.
Obligat anaerob mikroorganizmlarga yog‘ kislotali bijg‘ish bakteriyalari kiradi:
|
| |