«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




Download 1,53 Mb.
bet31/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Nurli energiyalar turli mikroorganizmlarga har xil fizikaviy, kimyoviy va biologik ta’sir ko‘rsatadi. Nurli energiyaning ba’zilari mikroorganizmlarni o‘ldiradi, shu sababdan bu turdagi nurli enegiyani oziq-ovqatlarni aynishdan saqlash uchun ishlatiladi.
Tabiatda doim mikroorganizmlar quyosh nuri ta’sirida bo‘ladi. Tarqalib turayotgan kunduzgi nur mikroorganizm rivojlanishiga ta’sir etmaydi, to‘g‘ri tushayotgan quyosh nurlari esa ularni o‘ldiradi. Quyosh nuri faqat fotosintez qiluvchi mikroorganizmlarga kerak, fotosintez qobiliyatiga ega bo‘lmagan mikroorganizmlar qorong‘ida ham o‘saveradi. Ammo ko‘pchilik mog‘orlarning rivojlanishi qorog‘ida normal darajada bo‘lmaydi, ularda faqat mitseliy o‘sib, sporalar hosil bo‘ladi. Patogen bakteriyalar saprofitlarga nisbatan quyosh nuriga kamroq chidamli bo‘ladilar.
Quyosh nuri spektrining ultrabinafsha (UB) qismi eng katta bakterotsid ta’siriga ega. UB nurlarining biologik va kimyoviy aktivligi kattadir. UB nurlar ba’zi organik birikmalarning sintezini va parchalanishini yuzaga keltiradi, oqsillarni kaogulyasiya qiladi, fermentlarning aktivligini oshiradi, o‘simlik, hayvon va mikroorganizm hujayralarini o‘ldiradi. UB nurlarining mikroorganizmlarga salbiy ta’siri ularning nurlangan muhitda mikroorgaganizmlarga zarar keltiradigan moddalar vodorod peroksidi, azon va boshqalar hosil bo‘lishidan kelib chiqadi. UB nurlarining 250-260 mm li to‘lqinlari eng yuqori bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. UB nurlarining ta’sir kuchi nurlanish dozasiga, masofaga va nurlanish muddatiga bog‘liq.
Bakteriyalar sporalari vegetativ hujayralarga nisbatan UB nurlarga ko‘proq bardoshlidir. Sporalar o‘ldirish uchun 4-5 marta ko‘proq energiya kerak. Hozir sanoatimizda UB nurli turli bakteritsid lampalar ishlab chiqarilyapti. Ular havoni dezinfeksiya qilishda: xlodokameralarda, davolash va ishlab chiqarish korxonalarida keng qo‘llanilmoqda. UB nurlar asbob-uskuna idishlarni dezinfeksiyalashda oziq-ovqatlarni quyishda va qadoqlashda ham qo‘llaniladi.
UB nurlar o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lmagani uchun nurlanayotgan mahsulotlarning faqat yuzasiga ta’sir etadi. UB nurlar sovutilish usuli bilan birga go‘sht va go‘sht mahsulotlarining saqlash muddatini 2-3 marta uzaytiradi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

Download 1,53 Mb.