• 9-MA’RUZA SUV MIKROFLORASI Reja
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




    Download 1,53 Mb.
    bet39/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Nazorat savollari
    1. Turli xil tuproqlarda mikroorganizmlarning tarqalishi qanday?
    2. Tuproqning rezident mikloflorasiga nimalar kiradi?
    3. Tuproqning alloxton mikloflorasiga nimalar kiradi?
    4. Tuproq mikroflorasida qaysi guruh mikroorganizmlar uchraydi?
    5. Saqlanish xususiyatiga qarab, tuproqdagi patogen mikroorganizmlarni
    guruhlarga ajrating.
    6.Suvda mikroorganizmlarning tarqalishi qanday?
    7.Umumiy va mikrobli ifloslanishning turli darajasi bilan xarakterlanuvchi suv havzalarini sanab bering.
    8.Suv havzalarining mikrobiologik holatini baholash xarakterini tushintirib bering
    9. Havo mikroflorasini izohlang.
    10. Havoning patogen mikroorganizmlar bilan kontaminatsiyasining fazalariga izoh bering.


    9-MA’RUZA
    SUV MIKROFLORASI
    Reja:
    1.Suv miroflorasi haqida umumiy tushuncha
    2.Suvning o‘z - o‘zini tozalash mexanizmini ta’minlash
    3.Suv havzalarining mikrobiologik holatini baholash xarakteri

    Mikroorganizmlar suvga tuproqdan tushadilar. Suvda o‘ziga xos mikrobiotsenozlar yuzaga kelib, ularda yangi (tuproqnikiga nisbatan) sharoitlarga moslashgan mikroorganizmlar yuzaga keladi. Barcha suv organizmlari “mikrobli plankton” nomi ostiga birlashtirilgan. Suvga mikroorganizmlarning taqsimlanishi fizik - kimyoviy sharoitga juda ham bog‘liq: organik va mineral moddalarning mavjudligi, harorat, kislorod va karbonat angidridning erish darajasi, suv massalarining ko‘chish tezligi, suv havzalarining ifloslanish darajasi, ularning yoritilganlik darajasi.


    Turli kelib chiqishiga ega bo‘lgan har xil suvlar mavjud. Shuning uchun ularda mikroorganizmlarning yashashi uchun turli maxsus sharoitlar vujudga keladi.
    Suvlarning quyidagi xillari mavjud: tabiiy suv havzalarining yuqori qatlam chuchuk suvlari - ko‘llar, daryolar, buloqlar; va sun’iylarniki - ko‘llar, suv omborlari; er osti suvlari - tuproq suvlari, buloq, artezian, quduq; okeanlar, dengiz va ko‘llarning sho‘r suvlari; yomg‘ir va qordan paydo bo‘lgan atmosfera suvlari.
    O‘zining qo‘llanishi xarakteriga ko‘ra suv resurslari ichimlik suvi, suzish havzalari suvi, xo‘jalik va tibbiyot muziga bo‘lingan. Tabiiy suvlar munitsipalitetlar, oziq - ovqat ishlab chiqarish va xo‘jalik korxona oqava suvlari bilan ifloslanadi.
    Bundan tashqari, tabiiy suv havzalarining ifloslanishi ularga yomg‘ir va qor suvlarining tushishi bilan ham sodir bo‘lishi mumkin.
    Suv havzalari mikroflorasi 2 katta guruh mikroorganizmlardan tashkil topadi: avtoxton (suvga xos) va alloxton (tashqaridan kelgan) mikroorganizmlar. Suv havzalarining avtoxton mikroflorasi, odatda aerob mikrokokk (Micrococcus rosens, Micrococcus candicans), sarsina (Sarcina lutea) va psevdomonada (Pseudomonas fluorescens)lardan tashkil topgan. Bundan tashqari, suvda yovvoyi protey va saprotrof leptospirlar aktiv rivojlanadi. Anaeroblardan batsilla (Bacillus mycoides, Bacillus cereus)lar va turli xil klastridiyalarni ham ajratadilar.
    Suvlarning mikroorganizmlari moddalarning tabiatdagi aylanishi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ular tufayli suv havzalariga tushuvchi organik moddalarning parchalanishi sodir bo‘ladi. O‘z navbatida, mikroorganizmlarning hayoti jarayonidagi mahsulotlar suvda yashovchi boshqa organizmlar uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladi.

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

    Download 1,53 Mb.