|
Suvning o‘z - o‘zini tozalash mexanizmini ta’minlash
|
bet | 40/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаSuvning o‘z - o‘zini tozalash mexanizmini ta’minlash
Suv havzalarining oqava suvlari bilan ifloslanishi ularda normal, shartli - patogen va patogen mikroflorani - inson va hayvon ichaklarida doimo yashovchi mikroorganizmlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Suvning ifloslanishi yana suv havzalariga oqava va yomg‘ir suvlarining tushishi, insonlar yoki hayvonlar cho‘milganida, kir yuvilganida sodir bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun suvda odatda ITGB, stafilokokklar, zamburug‘lar, achitqilar, spora hosil qiluvchi bakteriyalar, ichak infeksiyalarining qo‘zg‘atuvchilari (qorin tifi, paratif, dizentereya, vabo) va boshqa shartli patogen mikroorganizmlar uchraydi. Ayniqsa, salmonellyoz (Salmonella turi) yoki dizenteriya (Shigella turi) bilan kasallangan inson va hayvonlar havflidir.
Umumiy va mikrobli ifloslanishning turli darajasi bilan xarakterlanuvchi suv havzalarining 3 ta zonasi farqlanadi:
Polisaprob - eng ko‘p mikroorganizmlar - zambururug‘lar, aktinomitsetlar va bakteriyalar (ayniqsa anaerob) rivojlanuvchi eng kuchli ifloslangan zona. Polisaprob zonaning 1ml suvida bir necha mln mikroorganizmlar mavjud. Bu zonaning organik birikmalar bilan ifloslanishi kislorod bilan oziqlanuvchi butun mikrobotsenozning aktivlashishiga olib keladi. Natijada to‘liq bo‘lmagan oksidlanish jarayonlarini amalga oshiruvchi anaerob mikroorganizmlar rivojlanishni boshlaydi. Bunda yomon hid tarqatuvchi moddalar - vodorodsulfid, metan, merkaptanlar ajralib chiqadi.
Mezasaprob - 1ml da bir necha yuz mikroorganizmlar mavjud bo‘lgan o‘rtacha ifloslangan suv zonasi. Bu zonada to‘liq oksidlanish jarayonlari etarlicha aktiv boradi. SHuning uchun unda nitrifitlovchi mikroorganizmlar topiladi. Mezasaprob zonada nitrifikatorlardan tashqari klostridiyalar, psevdomonadalar, Candida turidagi achitqilar aktiv rivojlanadi;
Oligosaprob - 1ml da 10 dan 1000 mikroorganizmlar mavjud toza suv zonasi. Bu suvning yuqori darajada tozaligi organik birikmalarning qoldiqlari mavjudligi bilan bog‘liq. Mineralizatsiya jarayonlari esa yoki tugallangan, yoki tugallanish bosqichida.
Suv havzalariga tushgan patogen mikroorganizmlar polisaprob zonalarda sekin o‘ladi va oligosaprob zonalarda mavjud bo‘lmaydi. Patogenlarni turli vakillarining suvda yashay olish qobiliyati turlichadir. Leptospiroz va tuberkulyozning qo‘zg‘atuvchilari 5 oy yashasa, tulyaremiyaniki 3 oygacha yashaydi. Yuqumli kasalliglarning ba’zi qo‘zg‘atuvchilari, xususan, vabo vibrioni suvda ko‘payishga qodir.
Suv havzasiga unga xos bo‘lmagan mikroflora tushishi bilan avtoxton mikroorganizmlarning aktivlashishi sodir bo‘lib, o‘z - o‘zini tozalash mexanizmi ishga tushadi. Bunda suv havzalarining alloxtop mikrofloradan yaxshi tozalanishi toza suvda emas, balki organik moddalarga boy suvda sodir bo‘ladi.
|
| |