Tuproqning rezident va alloxton mikloflorasi




Download 1,53 Mb.
bet36/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Tuproqning rezident va alloxton mikloflorasi
Tuproqda doimo yashovchi mikroflora rezident deb ataladi va boshqa omillar bilan bir qatorda tuproqning genetik jihatini belgilaydi. Tuproq mikroflorasining sifat tarkibi juda xilma - xil va suv o‘tlari, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, bakteriyalar, bir hujayralilar, mikoplazma va viruslarni o‘z ichiga oladi. Asosiy mikroorganizmlarning qisqacha ta’rifini beramiz:
Suv o‘tlari. Endi vujudga kelayotgan tuproqlarning birinchi o‘simliklari hisoblanadilar, chunki ularning o‘sishi qiyin emas va hatto toshli erda ham o‘sishlari mumkin. Bunda ular birinchi o‘simliklardan biri bo‘lib, doimo shamol ta’siri ostida bo‘lgan tog‘ yon - bag‘irlarini ham egallaydi. Suv o‘tlari tuproqning yuza qismida ko‘proq o‘sadi: u erda ularning rivojlanishi uchun namlik va yorug‘lik etarlidir. Tuproqlarda ko‘k-yashil, yashil va diatom suv o‘tlari uchraydi. Ular juda xilma - xil bo‘lib, deyarli har doim bir hujayrali bo‘ladilar. Hujayra devorlari yopishqoq moddalar bilan yoki kremniyga boy tuproq bilan qoplangan. Mikroskopik suv o‘tlari barcha xlorofilli organizmlar kabi fotosintez jarayonini amalga oshirib, tuproqni organik moddalar bilan ta’minlaydi va kislorod bilan boyitiladi, bunda uning hosildorligi ortadi. Ko‘p suv o‘tlari havodagi azotni ushlab qoladi. Bunday xususiyatga ko‘k - yashil suv o‘tlari egadir.
Zamburug‘lar. Aerob, bir va ko‘p hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, ular juda ko‘p miqdorda tuproqning yuqori qismida yashaydilar. Zamburug‘lar o‘zlarining yashash joylarida faqatgina kislorodning vaqtinchalik etishmasligi sharoitida yashay oladilar.
Zamburug‘lar deyarli barcha yuqori va quyimolekulyar uglerodi mavjud birikmalarni parchalaydi. Zamburug‘lar tuproq chirindisi (gumus) ni hosil qilishda aktiv ishtirok etadi.
Bir hujayralilar. Tuproq mikroorganizmlarining bu guruhiga infuzoriyalar, xivchinlilar, soxtaoyoqlilar kiradi. Ular orasida tuproq mikrobiotsenozining boshqa vakillarini yutib, tuproq mikrobiologik jarayonlarini boshqaruvchi yirtqichlar va parazitlar ko‘p.
Bir hujayralilar tuproqdagi murakkab hayot sharoitiga o‘rgangan. Bu birikmalar sporalarga o‘xshab o‘z yashash joyida namlik butunlay yo‘q bo‘lganida ham hayot kechira oladi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqning rezident va alloxton mikloflorasi

Download 1,53 Mb.