|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 33/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаRadioto‘lqinlar - elektromagnit to‘lqinlar bo‘lib, nisbatan katta uzunlikka ega: bir necha mm dan km gacha. Yuz metrli va uzunroq to‘lqinlar mikroorganizmlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, kaltalari esa 10-50 mm li mikroorganizmga zararli ta’sir etadi. Ayniqsa ultraqisqa, uzunligi 10 mm dan qisqaroq to‘lqinlar mikroorganizmga salbiy ta’sir qiladi. Muhitdan qisqa va ultraqisqa radioto‘lqinlar o‘tganda yuqori chastotali o‘zgaruvchan tok hosil bo‘ladi. U muhitni tez, yuqori darajada isitib yuboradi. Shuning uchun yuqori chastotali maydonda mikroorganizmlar issiqdan o‘ladi.
Yuqori va ultrayuqori chastotali toklar (YUCH va UYUCH) bilan isish xususiyati oddiy usul bilan qizdirishdan farq qiladi. Ultrayuqori chastotali maydoniga joylashtirilgan substrat hamma nuqtasidan isiydi. Shuning uchun bir necha sekund davomida yuqori darajadagi issiqlikka erishish mumkin. Masalan, UYUCH toklarining ta’sirida stakandagi suvni 2-3 sekundda qaynatish mumkin. YUCH va UYUCH ning xususiyatlari oziq-ovqatni strelizatsiya qilishda juda foydali. Ular yordamida mevali konservalarni strelizatsiya qilish ayniqsa qulay, chunki 1-3 minutda temperatura 90-1200C ga boradi va mahsulotning sifati saqlanadi. Mahsulotlarni faqat shishali idishda UYUCH toklari bilan strelizatsiya qilish mumkin. Chunki bu toklar metalldan o‘ta olmaydilar.
Ultratovushning (UT) tebranish chastotasi sekundiga 20000 ga etadi (20 kGs) va undan ham ko‘proq. Bu tebranish chastotasidagi tebranishni inson qulog‘i qabul qila olmaydi. Inson qulog‘i 16-20 kGs dagi tovushni eshitadi. Hozirgi zamon texnikasi yordamida chastotasi yuzlab ming kGs li ultratovush to‘lqinlar olinadi.
Mikroorganizmlarga ma’lum kuchdagi UT to‘lqinlari zararli. Undan pastroq darajada uzoq muddat davomida mikroorganizmlarga ta’sir etilsa, ular o‘lmaydi, faqat ba’zi xususiyatlari o‘zgaradi xolos. Mikrobiologiyada UT tulqinlari mikrob hujayrasining qobig‘iini parchalab, ichki ferment, vitamin va boshqa moddalarni hujayradan ajratib olish uchun ishlatiladi. UT suv, sut, sharbatlarni strelizatsiya etishda ishlatib ko‘rilmoqda, ammo bu usul qimmat bo‘lganligi sababli va mahsulotining sifatini pasaytirgani uchun u keng amaliy ahamiyatga ega emas.
|
| |