|
Muhitdagi eritilgan moddalarning konsentratsiyasi
|
bet | 30/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаMuhitdagi eritilgan moddalarning konsentratsiyasi mikroorganizmlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda mikroorganizmlar har xil miqdorda eritilgan moddali substratlarda, demak turli osmotik bosimli substratlarda yashaydi. Masalan, ba’zi mikroorganizmlar tuzsiz suvda osmotik bosimi 1 atmosferadan kamroq sharoitda yashaydi. Boshqa mikroorganizmlar esa dengiz va ko‘llarning sho‘r suvlarida osmotik bosimi o‘nlab va yuzlab atmosferaga teng sharoitda hayot kechiradi. Yashab turgan joyiga qarab mikroorganizmlar hujayrasining ichidagi osmotik bosim turlidir. Ba’zi mog‘orlar hujayrasining sharbatini bosimi 200 atm. gacha etadi, tuproqdagi bakteriyalarniki -50-80 atm. Ba’zi mikroorganizmlar muhitning osmotik bosimiga, undagi eritilgan moddalar konsentratsiyasiga juda sezgir bo‘ladi. Muhitdagi moddalarning miqdori optimal darajadan oshib ketsa, hujayralar plazmoliz bo‘ladi. Bunda hujayraga ozuqaning kirishi to‘xtaydi. Bunday xolatda ba’zi mikroorganizmlar uzoq vaqt davomida tirik turadi., boshqalari esa o‘ladi.
Osh tuzining 3 foizidan ortig‘i ko‘pchilik mikroorganizmlarning hayot jarayonini sustlashtirib qo‘yadi. 20-25 foizlik osh tuzi ko‘pchilik mikroorganizmlar hayotini to‘xtatadi.
Mog‘orlar bakteriyalarga nisbatan muhitdagi moddalar konsentratsiyasining o‘zgarishini yaxshiroq o‘tkazadilar. Sut kislotali bakteriyalar va chirituvchi bakteriyalar muhitdagi tuzlar konsentratsiyasiga juda sezgir bo‘ladilar. 2-3 foizli osh tuzi ularning rivojlanishini sustlashtiradi, 10 foizli osh tuzi esa ularning hayot faoliyatini to‘xtatadi. Oziq-ovqatdan zaxarlanish keltiradigan va ba’zi paratif bakteriyalari osh tuziga chidamsiz bo‘lib, ularning o‘sishi 6-9 foiz osh tuzi bor muhitda to‘xtaydi.
Ammo ba’zi mikroorganizmlar muhitning osmotik bosimiga moslasha oladi, ular osmoregulyasiya qobiliyatiga egadir. Faqat yuqori osmotik bosimli muhitda normal rivojlana oladigan mikroorganizmlarni osmofil mikroorganizmlar deb ataladi. Osh tuziga chidamli osmofil mikroorganizmlar galofillar (tuz sevuvchi) deb nomlanadilar. Amaliyotda ko‘pchilik mahsulot va tovarlarni saqlash uchun yuqori osmotik bosim yaratishda osh tuzi va shakar qo‘llanadi, faqat shakar yuqori konsentratsiyada, 70 foiz atrofida ishlatiladi. Shuni aytish kerakki, bu mahsulotdagi mikroorganizmlar, shular qatorida kasallik keltiruvchilari ham uzoq vaqt yashovchanlikni yo‘qotmaydilar, faqat hayot kechirishlari to‘xtab turadi. Ba’zan tuzlangan mahsulotlar tuz bilan tushgan galofil bakteriyalar rivojlanishi sababli buziladi. Murabbo, djem va boshqa tarkibida ko‘p shakar bo‘lgan mahsulotlar ham osmofil mog‘orlar va achitqilar tushishi sababli aynib qoladi. Shunday mahsulotlarni buzilishdan saqlash uchun termik ta’sir etish kerak.
|
| |