|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 32/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаRentgen nurlari to‘lqinlari kichikdir. Ular o‘tish qobiliyatiga ega. Rentgen nurlarining mikroorganizmlarga ta’sir kuchi nurlanish dozasiga bog‘liq. Oz miqdorda rentgen nurlari miroorganizmlarni rivojlantiradi, ko‘prog‘i ularning o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatadi, ko‘p miqdordagisi esa mikroorganizmlarni o‘ldiradi. O‘simlik va hayvonlarga nisbatan mikroorganizmlar, ayniqsa Grammusbat bakteriyalar rentgen nurlariga chidamliroq bo‘ladilar. Spora hosil qiluvchi bakteriyalar, viruslar va rikketsiyalar ham rengen nurlariga aktiv qarshi tura oladi. Mikroorganizmlarga bu nurlar har xil ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lum miqdordagi rentgen nurlari ba’zi mikroorganizmlarni darhol o‘ldiradi, boshqalariga esa ta’sir etmaydi.
Radioaktiv a, b va g nurlar Bu nurlar o‘tish qobiliyati bilan bir-biridan farq qilinadi. g-nurlar eng katta o‘tish xususiyatiga ega. Radioaktiv nurlanishning miqdori mikroorganizmlarga ijobiy ta’sir etadi, ularning rivojlanishini tezlashtiradi va ba’zi hayot jarayonini aktivlashtiradi. Radioktiv nurlanishning ko‘p miqdori mikroorganizmlar hujayralarida patologik o‘zgarishlar keltiradi va ularni o‘ldiradi. Nisbatan oz miqdordagi nurlanish avvalo mikroorganizmlarning ko‘payishini sustlashtiradi, ammo ularning o‘sishiga ta’sir etmaydi. Masalan, achitqilarni kam dozada nurlantirsa, hujayralari o‘saveradi, kurtaklar hosil bo‘lmay, gigant, avvaliga nisbatan bir necha bor katta hujayralar hosil bo‘ladi.
Mikroorganizmlar yuksak tirik organizmlarga nisbatan radioaktiv nurlanishga bardoshliroq bo‘ladilar. Mikroorganizmlarni o‘ldiradigan doza hayvonlarni o‘ldiradigan dozaga nisbatan yuzlab va minglab marta yuqoriroq bo‘ladi. Mikroblarning shunday turlari ham uchraydiki, atom reaktorlarining ichida yashab odam o‘ldiradigan radiatsiya dozasidan 2000 barobar yuqoriroq dozaga ham chidamliroq bo‘ladi. Bakteriyalar sporalari vegetativ hujayralarga nisbatan radioaktiv nurlanishga chidamliroq bo‘ladi. Radioaktiv nurlanish hujayraning moddalarini ionizatsiya qilib, fermentlarning aktivligini yo‘qotadi.
Radioaktiv nurlanishning amaliy qo‘llanishi har xil. Ma’lum dozada tibbiyot materiallarini, davolash preparatlarini va oziq-ovqatni strelizatsiyalashda ishlatiladi. Strelizatsiya effekti yuqori dozada ko‘rinadi. U dozalar inson uchun zararli bo‘lishi mumkin. Nurlangan oziq-ovqatlardagi suvda radioaktivlik va zararli moddalar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik mahsulotlar radioaktiv nurlanishdan so‘ng ozuqalik qiymatini yo‘qotadi.
Nurli energiyalar strelizatsiyaning boshqa usullari qo‘llab bo‘lmaydigan sharoitlarda ishlatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining strelizatsiyasini to‘lqin uzunligi X =253,7 nm bo‘lgan ultrabinafsha nurli lampalarda olib boriladi.
Bizda va xorijiy davlatlarda radioaktiv nurlanishning tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
|
| |