|
Mikroorganizmlarning turli xil tuproqlarda tarqalishi
|
bet | 35/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаMikroorganizmlarning turli xil tuproqlarda tarqalishi
Mikroorganizmlar sayyoramizning turli erlaridagi tuproqlarida notekis tarqalgan. Misol uchun, dashtlarning qoratuproq erlarida mikroorganizmlar biomassasi 3-5 t\ga miqdorida bo‘lsa, botqoqliklarda 1-1,5 t\ga ga etadi. Bu tabiiy
klimatik sharoitlarga va tuproqning hosildor qismlarining quvvatlaridagi farqqa, shuningdek, gumus hosil bo‘lishiga bog‘liq. Botqoqli tuproqlar uchun bu ko‘rsatkich 18 - 35 sm ga, qora tuproq uchun 60 sm dan 1m. gacha va undan ortiq.
Tuproq yuzasida mikroorganizmlarning kam bo‘lishi Quyosh nurining bakteriatsid xossasi va erning qurishi bilan tushuntiriladi. Mikroorganizmlarning 2-3 m chuqurlikda bo‘lmasligi yoki bo‘lishi mikrofloralar rivojiga halaqit beruvchi fizik - kimyoviy omillar kompleksiga bog‘liq.
Shuni ta’kidlash lozimki, tuproq hajmida mikroorganizmlarning tarqalishi u yoki bu darajada o‘simlikning ildiz sistemasi bilan hamkorligiga bog‘liq. Mikroorganizm - simbiontlar rizosfera hududi mikroorganizmlari (ildiz hududida yashovchi) va rizoplan hudud mikroorganizmlari (ular o‘simlik ildizlaridan uzoqroqda bo‘lishni ma’qul ko‘radilar) mavjud.
Tuproqdagi mikroorganizmlarning tarkibi yil mavsumlariga qarab o‘zgaradi: kechki bahor va yoz boshida ko‘proq uchrasa, kuzda va qishki mavsumda kamroq uchraydi.
Mikroorganizmlarning tuproqda tarqalishiga uning granulometrik tarkibi ham sabab bo‘lib, u tuproqning engil yoki og‘ir tuproqlar turiga kiritilishiga sabab bo‘ladigan mayda yoki yirik granulalar bor yoki yo‘qligini xarakterlaydi. Bir tuproq turiga kiruvchi og‘ir va engil tuproqlar mikrofloraning miqdoriga qarab bir necha tartibga farq qilishlari mumkin.
Tuproqdagi mikroorganizmlar miqdori uning namligiga, organik moddalar miqdoriga, temperaturasi va pH ga bog‘liq. Mo‘tadil iqlim sharoitida mikroorganizmlar 250C temperaturani ma’qul ko‘rsalar, issiqroq iqlim sharoitli hududlarda 450C gacha temperaturani ko‘taradilar.
Tuproqdagi mikroorganizmlarning miqdori uni qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ishlatilishi natijasida keskin o‘zgaradi. Deyarli barcha meliaratsiya (tuproq sifatini yaxshilash) tadbirlari agronomik jihatdan foydali bo‘lgan mikroflorani ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Mikroorganizmlarning o‘sish sur’ati va rivojlanishiga o‘g‘itlarning optimal dozada kiritilishi, tuproqni qayta ishlash, tuproqning havo - suv sharoitini yaxshilash, uni quritish yoki sug‘orish kabi qishloq xo‘jalik tadbirlari yordam beradi.
|
| |