«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




Download 1,53 Mb.
bet43/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Immunitet haqida tushuncha
Har bir odam va hayvon organizmi patogen mikroorganizmlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Qizamiq, chechak va boshqa kasalliklar bilan og‘rigan odamlar bu kasalliklar bilan boshqa og‘rimasligi aniqlangan. Og‘rib o‘tgan odamlar kasallar bilan yaqin muloqotda bo‘lsada, ular organizmida bir umrga patogen mikroorganizmlarga qarshi chidamlik, qabul qilmaslik - immunitet hosil bo‘lgani uchun, ular qayta og‘rimaydilar.
Odam va hayvonlarning organizmi patogen mikroorganizmlar va ular toksinlariga qarshi o‘zini himoya qilish xossalariga ega. Organizm turli bakteritsid modda ishlab chiqarib, u moddalar yordamida mikroorganizmlar bilan kurashadi. Shunday moddalarga ko‘z yoshi, so‘lak, ichak va oshqozon sharbati, qonning zardobi kiradi.
Odamning terisi, og‘iz, burun, nafas olish yo‘llarining shilliq qobig‘i ham himoya qilish xususiyatiga ega.
Shu tabiiy himoya vositasi etarli bo‘lmaganda organizm
o’ziga kirgan patogen mikroblarga qarshi kurash uchun ta’sirliroq maxsus kuchlarni, jumladan, oq qon tanachalari leykotsitlarni ishga soladi. Infeksiyaga qarshi kurashda oq qon tanachalari yoki hujayralarining roli to‘g‘risida ta’limotni I.I. Mechnikov yaratgan. U ana shu hujayralarning patogen mikrobini qamrab, hazm qilib yubora olishini ko‘rsatib bergan.
B unday hujayralar fagotsitlar, ya’ni bakteriyaxo‘rlar deb ataladi. Mikroblarni fagotsitlar yordamida yo‘q qilinishi esa fagotsitoz deyiladi.
Organizmlarning boshqa ko‘pgina hujayralari, masalan, qo‘shuvchi to‘qima, taloq, ko‘mik hujayralari, qon tomirlari va limfa tomirlarini ichkaridan qoplovchi hujayralar va shu kabilarda ham fagotsitlar xossasi borligini keyinchalik boshqa olimlar aniqladilar.
Qonning plazmasi patogen mikroorganizmlar bilan kurashda katta rol o‘ynaydi. Organizmga patogen mikroblar tushganida, qonning plazmasida oqsil moddalar - antitelolar paydo bo‘ladi. Ular mikroorganizmlarni suslashtiradi yoki ularning toksinlarini zararsizlantiradi.
Ba’zi antitelalar bakteriyalarni lizis qilib - eritib yuboradilar. Ular bakteriolizin deb aytiladi.
Boshqalari bakteriyalarni o‘zaro yopishtirib qo‘yishi - aglyutininlar deyiladi.
Uchinchilari esa toksinlarni zararsizlantirishi - antitoksinlar deb aytiladi.
Organizmda antitelalar faqatgina patogen mikroblar tushganida hosil bo‘lib qolmay, ular organizmga begona oqsil moddalar, fermentlar va boshqa hayvonlarning qonini zardobi va shu kabilar kiritilganda paydo bo‘lishlari mumkin. Antitelalar ishlanishiga sabab bo‘ladigan moddalar antigenlar deyiladi. Kasallikni qabul qilmaslikning, ya’ni immunitetning ikki turi mavjud: tabiiy va sun’iy.
Tabiiy immunitet organizmda tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Organizm tug‘ilishidanoq biron kasallikka nisbatan tabiiy immunitetga ega bo‘lsa, bunday immunitet tug‘ma deb ataladi. Organizm yuqumli kasallik bilan og‘rib o‘tishi natijasida ham immunitet kasb etishi mumkin; bu holda tabiiy immunitet kasb etilgan (orttirilgan) immunitet deb ataladi. Masalan, chinchechak, ko‘kyo‘tal va boshqa yuqumli kasalliklar o‘zidan keyin mustahkam immunitet qoldiradi.
Sun’iy immunitet organizmga maxsus biologik preparatlar - vaksina va zardoblar kiritish natijasida vujudga keladi.
Odamni yuqumli kasalliklardan saqlash usulini ishlab chiqishga va uni keng tadbiq etishga 19-asrning 2-yarmida Lui Paster asos soldi. U kasallik keltiruvchi mikroblarning patogenlik xususiyatini sun’iy yo‘l bilan kamaytirish mumkinligini aniqladi va zaiflashtirilgan mikroblar sog‘lom organizmga kiritilganda, havfli kasallik ro‘y bermasligini, ayni vaqtda organizm shu kasallikka qarshi immunitet vujudga keltirishini ko‘rsatib berdi.
Organizmda immunitet vujudga keltirish maqsadida zaiflashtirilgan mikroblarni sog‘lom organizmga kiritish profilaktik emlash deb ataladi. Paster qutirish, chechak va boshqa ba’zi kasalliklarga qarshi profilaktik emlash usulini yaratdi.
Avvallari kuchsizlangan mikroblarni chekishardi: keyinchalik o‘ldirilgan mikroblarni va zararsizlangan toksinlarni ham chekish mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Turli chekish materiallari vaksinalar deyiladi, organizmga immunitet hosil qilish uchun vaksina yuborilishi vaksinalash deyiladi.
Immunitet vaksinalash yo‘li bilan hosil bo‘lsa u aktiv immunitet deyiladi, zardob yuborilganda paydo bo‘ladigan immunitet passiv immunitet deyiladi, chunki oldin hayvonlarni vaksinalab, so‘ng ularning qonidan tayyorlangan zardob organizmga tayyor antitelalar sifatidi yuboriladi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

Download 1,53 Mb.