«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




Download 1,53 Mb.
bet45/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari
Oziq-ovqat toksikoinfeksiyalarini oziq-ovqatlarga ko‘p miqdorda tushgan bakteriyalar, rikketsiyalar, viruslar, mog‘orlar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. U og‘ir oshqozon-ichak kasalligidek o‘tib boradi. Ko‘pchilik toksikoinfeksiyalarni salmonellalar deb ataluvchi paratif guruh bakteriyalari keltiradi.
Salmonellyoz - odamdagi o‘tkir ichak kasalligi. Uni salmonellalar keltirib chiqaradi.
Salmonellalarning 2000 dan ortiq turi o‘rganilgan. Bu bakteriyalar Gram- tayoqchalar, spora hosil qilmaydi, kattaligi 2 - 3 mkm x ~0,6 mkm.
Salmonellalar turli fizik-kimyoviy omillarga chidamli. Yillab quritilgan holda, ayniqsa quruq go‘ng, chang, oziqa, oziq-ovqat mahsulotlarida yashashi mumkin. 5,5 dan 450C haroratda o‘sadi, yashashi uchun optimal harorat - 370C. Mahsulotlar 600C qizdirilganda salmonellalar 1 soatdan so‘ng, 700C - 15 min.dan so‘ng, 750C - 5min. dan so‘ng, qaynatilganda esa darxol o‘ladi.
Salmonellyoz infeksiyasining o‘tishiga asosan go‘sht va go‘sht mahsulotlari sabab bo‘ladi. Go‘shtga salmonella hayvonning hayotligi paytida ham, so‘yilganidan so‘ng ham tushishi mumkin. Salmonella bilan oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishi odamdan ham o‘tishi mumkin. Salmonellyoz infeksiyasining tarqalishida ko‘pincha yana sut va sut mahsulotlari, ayniqsa g‘oz, o‘rdak, kurka, tovuq tuxumi va go‘shti sababchi bo‘ladi.
Hozir ichak-paratif bakteriyalarning ko‘p miqdorda har xil turlari ma’lum. Toksikoinfeksiyalarni keltiruvchi mikroblar faqat kasal odam va hayvonlardagina emas, sog‘lomlarda ham uchraydi. Shuning uchun go‘sht mahsulotlari ko‘pincha oziq-ovqat paratif toksikoinfeksiyalarning sababchisi bo‘ladi. Ko‘pchilik chirituvchi bakteriyalar ham oziq-ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaradi. Masalan, Bacterium vulgare, Bact. coli mahsulotlar aynishining sababchisidir.
Oziq-ovqat infeksiyalarining asosiy turlari: terlama, dizenteriya, brutsellyoz, sil va sibir yazvasi.
Oziq-ovqat kasalliklarining sabablari

  1. Mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va sotish sanitariya qoidalarini buzish.

  2. Mahsulotlar bilan ishlaydigan xizmatchilar tomonidan gigiena qoidalariga rioya qilmaslik.

  3. Oziq-ovqatlarni ishlab chiqarishdagi texnologik rejimini buzish.

  4. Saqlash sharoit va muddatlarini buzish.

Oziq-ovqat kasalliklarining oldini olish uchun ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash katta ahamiyatga ega.

Download 1,53 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

Download 1,53 Mb.