|
Toksik va yuqumli dozalar va tez kasallikka chalinuvchi aholi
|
bet | 48/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаToksik va yuqumli dozalar va tez kasallikka chalinuvchi aholi
Inson organizmi bilan zaharlash tajribalari olib borishga ruxsat etilmagan bo‘lsada, botulinal neyrotoksinlar minimal zaharli dozadaligi haqida bir qancha ma’lumot bor.
Oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan, neyrotoksinni yoki Cl. botulinum o‘sishini ta’minlovchi sharoitlar mavjudligi umuman mumkin emas. Botulinal toksin ma’lum bo‘lgan eng zaharli tabiiy moddadir. Maymunlarda teri ostida
4ng/kg tana og‘irligi mos keladigan botulinal toksinni yuborishganda 50% halokatli doza (LD50) (sub’ektlarining 50% ini o‘ldirish uchun zarur bo‘lgan miqdor) bo‘ldi. Bu 150 funt og‘irlikdagi inson uchun LD50 0.000000001 (1x10-9) unsiyaga mos keladi. Bu kabi zaharlilik va Cl. botulinum ni o‘stirish nisbatan oson bo‘lganligi uchun uni biologik qurol sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan agent hisoblanadi deb taklif qiladi. Haqiqatdan ham, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Maxsus komissiya xulosasiga ko‘ra, 2003 yilda, Iroq qariyb 50 gallon kotsentrlangan botulin toksinini ishlab chiqargan. Bu go‘yoki 16 raketa va 100 lab bombalarga joylangan edi, lekin o‘sha vaqtda bu kabi qurollar quruqlikdagi qo‘shin tomonidan tasdiqlanmadi.
Oziq-ovqat botulizm oldini olishning yagona yo‘l oziq-ovqatda neyrotoksinni hosil bo‘lishini oldini olish hisoblanadi. Kasallik yuqish xavfi yuqori bo‘lgan aholini emlash nazarda tutilgan, lekin u iqtisodiy jihatdan samarali emas. Ayni paytda, faqat bu organizm bilan ishlaydigan tadqiqotchilar va AQSH harbiylari bunga qarshi emlangan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda namlikning yuqori bo‘lishi, odatda, Cl. botulinum o‘sishining oldini oladi. Misol uchun, saqlashga barqaror konserva mahsulotlari, Cl. botulinum sporalarini o‘ldirish uchun issiqlik ishlovi beriladi. Minimal ishlov beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarida Cl. botulinum ni nazorat qilishda odatda mikrob ingibitorlari va sovutish omillaridan birgalikda foydalanib, sporani o‘sishini ingibirlashga erishiladi. Odatda Cl. botulinum ni o‘sishini oldini olish orqali oziq-ovqat mahsulotlarida boshqa patogen va bijg‘ish mikroorganizmlarini nazorat qilish mumkin.
CL. BOTULINUMNING xususiyatlari klassifikatsiya
Cl. botulinum bir gramm-musbat, tayoqchasimon shaklli, majburiy anaerob (kislorod uni o‘ldiradi) bakteriya hisoblanadi. Cl. botulinum laboratoriyada o‘rganiladigan bo‘lsa anaerob palatalar yoki boshqa kislorodsiz usullardan foydalanish kerak. Bu organizm statsionar faza davomida oval endosporalar (rasm 3.6) hosil qiladi. Antigenik farqlanadigan Cl. botulinum toksiniing etti turi (A dan G gacha) mavjud. Oziq-ovqat, jarohatlanish va ichak botulizmi inson botulizmining A, B, e turlari, juda kamdan-kam hollarda F turi uchraydi. C va D turlari hayvonlarda botulizmga sabab bo‘ladi. Bugungi kungacha kasallikning G turi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bironta xolat uchramagan.
Turlar ham o‘z navbatida fiziologik farqlarga asoslanib (3.2-jadval) to‘rt guruhga bo‘linadi. Guruh 1 o‘z ichiga barcha A tur shtammlari va B va e turlarning proteolitik shtammlarini (ya’ni, oqsillarni parchalaydigan fermentlarni ishlab chiqaradi) oladi. Guruh 2 e turining barcha shtammlari va B va F turlari proteolitik bo‘lmagan shtammlarini qamrab oladi. Guruh 3 C va D turi shtammlari o‘z ichiga oladi. Guruh 4 Cl. botulinum ning G turidan iborat.
Bu guruhlash DNK gomologi tadqiqotlari natijalari bilan mos tushadi. 160C va 230C ribosomalar RNK yordamida ketma-ket olib borilgan tadqiqotlar, bir guruh ichidagi shtammlar orasida yuqori darajada o‘xshashlik borligini, ammo guruhlar o‘rtasida kam o‘xshashlik borligini ko‘rsatdi.
10-rasm
Guruh 1 shtammlari proteolitik va neyrotoksinni A turi ishlab chiqarishi bilan sinflanadi. Bu guruhdagi shtammlarni o‘sishi harorat 10 dan 480C gacha bo‘ladi, optimal harorat esa 370C hisoblanadi. Bu kulturalar odatda yuqori darajada neyrotoksin ishlab chiqaradi (106 sichqon LD50/ml [1 sichqon LD50 4 kun ichida sichqonlarni 50% o‘ldirish uchun etadigan neyrotoksin miqdori]). Bu guruhda sporalarinig issiqlikka chidamliligi yuqori, D100S taxminan 25 min. (D qiymat berilgan haroratda kulturaning 90% o‘ldirish uchun zarur bo‘lgan vaqt). O‘sishni
oldini olish, pH 4,6 dan past bo‘lishi kerak, yoki tuz konsentratsiyasi 10% dan yuqorida bo‘lishi kerak, yoki AW 0.94 dan past bo‘lishi kerak.
Jadval 10. C. Botulinut shtammlarini guruhlash va ularning tavsiflari
10.1-jadval
Xarakteristikasi
|
Toksin guruhlari
|
I
|
II
|
Ill
|
IV
|
Neyrotoksin turlari
|
A, B, F
|
B, e, F
|
C, D
|
G
|
O‘sish uchun minimum harorat
(0C)
|
10
|
3
|
15
|
ND
|
O‘sish uchun optimal harorat (0C)
|
35-40
|
18-25
|
40
|
37
|
O‘sish uchun minimum rn
|
4,6
|
ca. 5
|
ND
|
ND
|
NaCl ning ingibirlash konsentratsiyasi
|
10
|
5
|
ND
|
ND
|
O‘sish uchun minimum aw
|
0,94
|
0,97
|
ND
|
ND
|
Sporalarning D100 s (min)
|
25
|
<0.1
|
0.1-0.9
|
0.8-1.12
|
Sporalarning D121 S (min)
|
0.1-0.2
|
<0.001
|
ND
|
ND
|
II guruh shtammlari proteolitik bo‘lmagan shtammlar bo‘lib, o‘sishning optimal harorati (300C) va hatto 30C gacha past haroratda ham o‘sa oladi. Uning
sporalarining issiqlik bardoshliligi juda kam bo‘lib, D100C qiymati 0,1 min dan kam. II guruh shtammlarini o‘sishi pH <5.0 bo‘lishi, tuz konsentratsiyasi >5% bo‘lishi yoki aw <0.97 bo‘lganda to‘xtaydi. Bu bobda 1 va 2 guruhlar haqida so‘z boradi, chunki ularning shtammlari insonlarda kasallik keltirib chiqaradi.
|
| |