Ichak tayyoqchasi va uning oziq-ovqatlarni sanitar baholashdagi




Download 1,53 Mb.
bet46/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Ichak tayyoqchasi va uning oziq-ovqatlarni sanitar baholashdagi
ahamiyati
Tekshiriluvchi ob’ektlarning tibbiy-mikrobiologik baholanishi ularning sifati darajasini aniqlaydi. Lekin hamma mikroorganizmlar ham to‘g‘ri javob bera olmaydi. Bu maqsadda tibbiy mikrobiologiyada tibbiy ko‘rsaktich mikroorganizmlar (SPM) u yoki bu ob’ektning tibbiy mikrobiologik holatini xarakterlab beruvchi indikatorlar qo‘llaniladi.
Mikroorganizm - indikatorlar 3 guruhga bo‘linadi:

  • chiqindi ifloslanishi indikatorlari. Ular hayvonlar va inson ichida yashaydi. - e.coli enterokokklar, proteylar, salmonellalar, termofillar, Clostridium perfringens, bakteriofaglar, Candida turidagi achitqilar.

  • og‘iz orqali kiradigan ifloslanish indikatorlari. Ular yuqori nafas yo‘llari va og‘iz burun bo‘shlig‘ida yashaydilar - gemolitik streptokokklar (Streptococcus pyogenes) va tillarang stafilokokklar (Starnylococcus aurens)

  • o‘z- o‘zini tozalash jarayoni indikatorlari- tabiiy muhitda yashaydigan mikroorganizmlar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, ko‘k-yashil suv o‘tlari.

Escherichia coli inson va hayvonlarning ichagida yashovchi fon mikroorganizmi bo‘lib, o‘z egasini patogen bakteriyalardan himoyalab, metabiologik va immunizatorlik funksiyasini bajaradi. E.coli barcha SPM larga asos solgan tur hisoblanib, bundayligi 1888 yildayoq aytib o‘tilgan. Tekshiriluvchi ob’ektda bu turdagi bakteriyalarning mavjudligi uning bakterial ifloslanganligini ko‘rsatib, tibbiy darajasi haqida darak beradi.
E. coli tayoqchasimon peritrixial asporogen Gram- (manfiy) fakultativ - anaerob bakteriyalar sinfiga mansub bo‘lib u enterobacteriaceaelar sinfiga mansub. Bu sinfda quyidagi turlar bor: E.coli, E.blattae, E.fergusonii, E.hermannii, E.Vulneris.
Ichak tayoqchasining morfologiyasi enterobakteriyalar uchun tipikdir. Ba’zi shtammlarda kapsula, mikrokapsula, kiprikchalar bor. Ular aerob sharoitda asosiy oziqlantiruvchi muhitlarda past ishqoriy reaksiya sharoitida 35-37 0C haroratda yaxshi o‘sadilar. Bunda ular diametri 1-3 mm bo‘lgan silliq xira koloniyalarni shakllantiradilar.
Issiq qonli hayvonlarda yashovchi shtammlar 42-43 0C da ko‘payishi mumkin. Kislotalar aralashmasi N2 va CO2 ni ajratib glyukozani fermentatsiya qilishadi. Laktoza, mannit, maltoza va boshqa uglevodlar fermentatsiya qilinadi (ba’zan sekin fermentatsiya).
Indolni hosil qilishga qodir. Aminoglikozidlar, tetratsiklinlarga sezgirdir. Turlar ichidagi sistemalashtirishga serotiplash, fagotiplash va kolitsinootiplash qo‘llaniladi.
E.colida aniqlangan xossalar keyinchalik inson va hayvonlarning ichak traktida yashovchi bakteriyalarda ham aniqlangan. Ularning barchasini bir xil tibbiy ko‘rsatkichli xossalarga ega alohida guruhga ajratadilar. Bu guruh ichak tayoqchalari bakteriyalari guruhi (yoki ITGB) nomiga ega va 3 ta kichik guruhga bo‘linadi:

  1. Uglevodlarni (laktoza va glyukozani yoki faqat glyukozani) 370C da bijg‘itish xususiyatiga ega va oksidaza aktivligiga ega bo‘lmagan ITGBlar. Bu guruhga e. soli dan tashqari Enterobacteriaceae, Citrobacter, Klebsiella turlarining bakteriyalari kiradi. ITGB ning bir guruh vakillari avvaldan toza bo‘lgan yoki issiqlik bilan strelizatsiya qilingan ob’ektlarda umuman topilmasligi kerak.

  2. Laktoza va glyukozani 43-44,5 0C da gaz holatigacha bijg‘ituvchi ITGB. Bu guruh huddi birinchi guruh kabi Enterobacteriaceae oilasidagi bakteriyalarning katta miqdori bilan ajralib turadi. Ularning topilishi esa tekshiriluvchi ob’ektning chiqindilar bilan ifloslanganini bildiradi. Ayniqsa, termik ishlov o‘tgan ob’ektlarda bu guruhdagi bakteriyalar bo‘lmasligi lozim. SHuning uchun oziq ovqatlarning yuza qismi, 2- va 3-ovqatlar, shuningdek suyuq oziq ovqat mahsulotlari nazoratdan o‘tadi.

  3. Laktozani 43-44,5 0C haroratda gaz holatigacha bijg‘ituvchi ITGBlar. Bu guruh mikroorganizmlarning tekshiriluvchi ob’ektlarda topilishi deyarli har doim chiqindini ifloslanishidan darak beradi.

Shunga qaramay, e. soli va ITGBning boshqa vakillari tekshiriluvchi ob’ektlarning tibbiy tozaligining aniq indikatorlari bo‘lib hizmat qila olmaydi. Birinchidan, ular ko‘p patogen mikroorganizmlar - enteroviruslar, shigellalar, paratifoz tayoqchalaridan farqli o‘laroq oziq-ovqat mahsulotlarida uzoq yashay olmaydilar.
Ikkinchidan, suvda salmonellyoz topilishi hollari uchraydi. E.coli unga ko‘p bo‘lmagan xolda (4 bakt/l) salmonellalar e.coli dan 4-5 barobar ko‘p uchrayli.

Download 1,53 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ichak tayyoqchasi va uning oziq-ovqatlarni sanitar baholashdagi

Download 1,53 Mb.