«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




Download 1,53 Mb.
bet42/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Patogenlik - genotip belgi bo‘lib, mikroorganizmni makroorganizmga kirib, ko‘payib, unda kasallik chaqirish qobiliyatini ko‘rsatadi. Patogenlik mikroorganizm genomida saqlangan bo‘lib nasldan naslga o‘tadi va u alohida mikroorganizm turiga xosdir.
Virulentlik - fenotip belgi bo‘lib, alohida shtammning alohida sharoitlardagi patogenlik darajasini belgilaydi. Shunday qilib virulentlik - bu patogenlik o‘lchami bo‘lib, minimal letal doza - Dosis letalis minima (DLM) deyiladi.
Virulentlik - o‘zgaruvchan o‘lcham bo‘lib, uni tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirish mumkin. Tabiiy sharoitlarda mikroorganizmlar noqulay sharoitlarga, masalan, namlik yo‘q joyda yoki to‘g‘ri tushayotgan quyoshning ultrabinafsha nurlari tushganda virulentlik pasayishi mumkin. Virulentlikning sun’iy yo‘l bilan kamayishi mikroorganizm kulturalarini yuqori haroratda oziqa muhitlarida o‘stirganda hamda qayta ekilganda yoki oziqa muhitlarida turli antiseptiklar, shular qatorida fenol qo‘llanilganda kuzatiladi.
Virulentlikni kuchsizlantirilishi tufayli tirik vaksinalarning asosini tashkil etuvchi mikroorganizmlar olinadi.
Patogen mikroorganizmlarning virulentligi 3ta asosiy omilga bog‘liq: kapsulaning borligi, agressivlik darajasi, toksinlik darajasi.
Kapsulaning borligi patogen mikroorganizmlarning faqatkina himoya vazifasini emas, balki uning virulentlik darajasini ham ko‘rsatadi. Masalan sibir yazvasi hayvon yoki odam organizmida o‘zini himoyalovchi kapsula hosil qilib, juda tez letal holatga olib keladi. Kuchsizlantirish uchun kapsulasidan ajratilgan Bacillus anthracis shtammidan esa vaksina tayyorlanadi va bu havfli patogendan himoyalash uchun makroorganizmga yuboriladi.
Mikroorganizmlarning virulentlik darajasi uning agressivligiga - ya’ni noqulay sharoitlarda ham fagotsitozga to‘sqinlik qilib, immunoglobulinlarni parchalovchi spetsifik fermentlar - proteazalarni va qon plazmasini ivitib qo‘yuvchi kaogulazalarni chiqarib, egasining immunitetini pasaytirib, makroorganizlarda patogen mikroorganizmlarning ko‘paya olishiga ham bog‘liq.
Patogen mikroorganizmlarning toksinlik darajasi ularda zaharli modda - ikki xil toksin (ekzo-va endotoksinlar)ning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Aksari toksinlar g‘oyatda zaharli bo‘lib, anorganik zaharlardan ancha kuchli ta’sir etadi. Kasallik yuqqan organizmning betoblanishiga odatda xuddi shu toksinlar sabab bo‘ladi.
Endotoksinlar mikroorganizmlar avtoliz bo‘lganida (o‘lganida) tashqi muhitga ajralib chiqadilar. Shuning uchun ekzotoksinlarga nisbatan zaharsizroq. Ular lipoproteid va polisaxaridlardan iborat. Endotoksinlar haroratga ancha chidamli, shuning uchun 1200C (steril tartib)ni 30 daqiqa ko‘tara oladi. Ular salmonellez, sil (tuberkulez), kolibakterioz va boshqa kasallik uyg‘otuvchilarda aniqlangan.
Ekzotoksinlar atrofdagi muhitga oson o‘tadi. Ular oqsildan tashkil topgan. Ular endotoksinlarga nisbatan quyosh nuriga sezgir, patogen stafilokoklarning enterotoksinlaridan tashqari, qaynatilganda darhol, 60-80°C bir soatdan so‘ng parchalanadi. Past haroratga va namlik kamligiga yaxshi chidaydi. Ekzotoksinlar makroorganizlarning organ va to‘qimalariga tanlab ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ularni 4ta turga bo‘linadi:

  • sitotoksinlar, ular egasi hujayralarida oqsilning ribosomal sintezini to‘sib qo‘yish (blokirovka qilish) xususiyatiga ega;

  • membranatoksinlar, ular membranaga o‘tishi hisobiga qon hujayrasi buziladi;

  • funksional blokatorlar, ular makroorganizmlarning alohida to‘qima sistemasi faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Bular ichida: bosh-miya nerv hujayralarini shikastlanishini, ko‘rish qobiliyatining zararlanishini, nafas paralichini, yutish akti buzilishini va b.q.ni botulinik toksin (botulizm kasalligi) keltiradi. Bu gruppaga qoqshol (stolbnyak) toksini ham kiradi. U orqa miyaning harakat neyronlarini shikastlaydi;

  • eritrogeninlar, ular ba’zi tillarang stafilokokk shtammlari ajratadi va natijada toshmalar hosil bo‘ladi va bezgak kuzatiladi.

2.Ega-makroorganizm holatining infeksion jarayon rivojlanishiga ta 'siri
Ma’lumki, patogen mikroorganizmlar makroorganizmlarga infeksiyalar
kirish darvozalaridan kiradi. Bularga ovqat - hazm qilish trakti, nafas olish yo‘lining shilliq qobig‘i, shikastlangan teri qoplamlari, siydik yo‘llari kiradi.
Infeksion jarayonning rivojlanishi uchun albatta makroorganizm holati va infeksiyani rivojlanishiga qarshi kurashish qobiliyatining ahamiyati katta. Infeksiya rivojlanishiga makroorganizmning rivojlangan immuniteti, shu bilan birga tabiiy infeksiya darbozalari bo‘lgan organlarning shikastlangan shilimshiq qobig‘i va teri qatlamlarining yo‘qligi to‘sqinlik qiladi.
Dizenteriya tayoqchasi organizmga og‘izdan kirgandagina kasallikka sabab bo‘la oladi, shu mikrob teri orqali kirganda kasallik keltira olmaydi; qoqshol mikrobi aksincha, teridagi jarohat orqali kirgandagina organizmni kasallantiradi, ammo og‘izdan kirganda kasallikka sabab bo‘la olmaydi.
Infeksion jarayonning rivojlanishi kasalning yoshiga ham bog‘liq. Immun- sistemasi yaxshi rivojlanmagan yosh bolalarda ko‘pincha infeksion jarayonning o‘tishi og‘ir kechadi. Yoshi kattalashgan sari organizmda infeksiyaga aktiv qarshi turadigan, kerakli miqdordagi bakteritsid omillarning yig‘ilishi natijasida immunitet mustahkamlana boradi.
Shuni aytish kerakki, infeksion jarayonlarning rivojlanishida organizmning toliqishi ham ahamiyatli. Charchagan organizm tez kasallanadi va infeksiyaga deyarli qarshilik ko‘rsata olmaydi.

  1. Tashqi muhit holatining infeksion jarayon rivojlanishiga ta 'siri

Makroorganizmning infeksiyaga qarshi immuno javobi ovqat bilan
chambarchas bog‘liq. Agar odam yoki hayvonning ovqatlanish ratsionida etarli miqdorda yuqori energatik quvvatga ega vitaminlar, makro- va mikroelementlarga boy oziqalar bo‘lmasa, organizmning infeksiyaga qarshi kurashish qobiliyati susayadi, modda almashmnishi buziladi va organizmda immunoglobulinning pasayishiga olib keladi.
Vitamin A ning kamayishi natijasida oksidlanish jarayoni buziladi va teri qoplamining va shilimshiq pardalarning himoya funksiyasi pasayadi. Shilimshiq pardaning shikastlanishi Vit. S etishmaganda ham kuzatiladi. V guruhidagi vitaminlarning etishmasligi makroorganizmlarning fagotsitar funksiyasiga ta’sir qiladi, aynan shuning uchun leykotsitlarning himoya faoliyatini pasayishi infeksiyaning butun organizm bo‘ylab tarqalishiga imkon beradi.
Oxirgi yillarda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda, shular qatorida O‘zbekistonda ham tuberkulez bilan og‘rigan kasallarning soni ko‘paymoqda. Bu kasallik bilan yaxshi ovqatlanish, lekin ovqat bilan birga kalsiy va fosfor tuzlarining kirmasligi natijasida ham og‘rish mumkin.
Infeksion kasallikning kelib chiqishiga organizmda suvning etishmasligi ham sabab bo‘lishi mumkin.
Infeksion jarayonlarning rivojlanishiga tashqi muhitning hamma fizik- kimyoviy jarayonlari (harorat, namlik, nurli oqimlar, ventilyasiya va b.q.) ta’sir qiladi, infeksion jarayonning tezligi ularning qabul qilingan meyordan ancha chetlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Ma’lumki kuydirgi (sibirskaya yazva) kasalligi batsillalarini itlar singari tovuqlar ham qabul qilmaydi, lekin patlari xo‘llab qo‘yilishi natijasida, immunitetning pasayishi ularning kuydirgi bilan kasallanishiga oson olib keldi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

Download 1,53 Mb.