|
Suv havzalarining mikrobiologik holatini baholash xarakteri
|
bet | 41/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаSuv havzalarining mikrobiologik holatini baholash xarakteri
Ixtiyoriy muhitda patogen mikroorganizmlarni aniqlash murakkab bo‘lganiligi sababli, amaliyotda asosan bilvosita indikatsiya usullari qo‘llaniladi. Bu maqsadda suvdagi UMS va SKM (ko‘proq ITGB vakillari) larni aniqlaydilar. Kerak bo‘lsa, patogenlarni elektiv (saylangan) zonalarga ajralishi bilan bog‘liq bo‘lgan taxlillar o‘tkaziladi.
Vodoprovod suvining tozaligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
Suvning UMS si - 1ml suvdan go‘sht - peptonli agar (GPA) muhitida o‘sgan mikroorganizm hujayralari soni. Vodoprovod suvining UMSi 100 KOE \ l dan oshmasligi lozim.
Vodoprovod suvining koli - titri (ichak tayoqchasi titri) 300 dan kam bo‘lmasligi lozim, ya’ni 300 ml. suvda faqat 1 dona ichak tayoqchasi topilishi mumkin;
Vodoprovod suvining koli - indeksi 3 dan oshmasligi lozim. ya’ni 1ml suvda faqat 3 ta gina ichak tayoqchasi bo‘lishi mumkin.
Vodoprovod suvida patogen mikroorganizmlar umuman bo‘lmasligi
kerak.
Suv resurslaridan kelib chiquvchi epidemiologik va boshqa xil havflarining oldini olish uchun quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
Katta shaharlardagi markaziy suv ta’minoti manbalari nazorat qilinadi va ichimlik suvining tozalash samaradorligi nazorat qilinadi.
Artezan quduqlari, buloqlar, quduqlar, ochiq havzalar (ko‘l va daryolar) va suzish havzalarining suvlari tekshiriladi.
Oqava suvlarining tozalanish darajasi nazorat qilinadi.
Yuqumli kasalliklarning yuzaga kelish sabablari tekshiriladi.
10-MA’RUZA
PATOGEN MIKROORGANIZMLAR INFEKSIYA, ULARNING MANBAALARI VA TARQALISH YO’LLARI
Reja:
1.Infeksiya va uning tarqalish yo‘li
2.Immunitet haqida tushuncha
Infeksiya deganda, patogen (kasal keltiruvchi) mikroorganizmlarning o‘ziga tez yuqtiradigan makroorganizmlar va tashqi muhit omillari bilan o‘zaro munosabati natijasida sodir bo‘ladigan biologik jarayonlar yig‘indisi tushiniladi.
Infeksiya mikroorganizmga kirishi bilan organizmning ichki muhiti (gomeostaz) buziladi. Agar organizmning kurashish qobiliyati (immunitet) past bo‘lsa, infeksion kasallikning hamma klinik xususiyatlari namoyon bo‘ladi.
Rivojlanayotgan kasallikning nomi ko‘pincha kasallikni qo‘zg‘atgan mikroorganizmning nomi bilan ataladi: salmonellez, brutsellez, rikketsioz va b.q.
Infeksion kasalliklar asosan 4ta bosqichda rivojlanadi:
inkubatsion davr, bu patogen mikroblar organizmga kirgan paytdan to kasallik belgilari paydo bo‘lguncha o‘tadigan vaqt. Bu davr kasallik qo‘zg‘atuvchining tabiatiga va makroorganizm immunitetiga bog‘liq ravishda, bir necha soatdan bir necha oy, xatto bir necha yil bo‘lishi mumkin.
prodromal davr, bunda bu kasallikga xos bo‘lmagan, umumiy klinik belgilar (xolsizlik, charchash, ishtahaning pasayishi) paydo bo‘ladi.
kasallikning o‘tkir davri, bunda shu kasallikga xos bo‘lgan hamma xususiyatlar yuzaga chiqadi. Masalan, toshma toshishi, haroratning chiqishi va b.q.
rekovalessensiya davri, bu davrda kasallikning tipik belgilari yo‘qoladi, kasal klinik tomondan sog‘aya boshlaydi.
Kasallikning kelib chiqishi va o‘tishi 3ta asosiy omil bilan bog‘liq: kasal qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm holati bilan, ega-makroorganizm holati bilan, tashqi muhit holati bilan.
Kasal qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm holatining infeksion jarayon rivojlanishiga ta 'siri
Infeksion kasallikning qanday o‘tishini belgilaydigan mikroorganizmlarning asosiy xususiyati, bu patogenlik va virulentlikdir.
|
| |