|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 37/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаAktinomitsetlar. Bir hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, ular zamburug‘lar kabi tarmoqlangan mitseliy hosil qiladi. Aktinomitsetlar orasida ham aerob, ham anaeroblari uchraydi. Ular neytral yoki ishqor reaksiyali tuproqlarda mavjud bo‘ladi. Aktinomitsetlar asosan tuproqning yuza qismida uchraydi. Ko‘p mikroorganizmlar antibiotiklarning manbai bo‘lib, ularni tashqi muhitga chiqarilishi tuproqdagi umumiy mikrob muvozanatini ushlab turilishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, bu mikroorganizmlar turli tarkibli organik moddalarning aktiv o‘zgarishi sodir bo‘ladigan tuproqlarda ko‘p bo‘ladi.
Bakteriyalar. Soni va xilma - xilligi jihatidan mikroorganizmlarning boshqa guruhlaridan ustun turadi. Bakteriyalar tuproqning yuqori qismida nisbatan ko‘pdir. Ular ekin ekiladigan xosildor erda taxminan, 0 - 20 sm chuqurlikda joylashgan. Ko‘p bakteriyalar tomonidan hosil qilinadigan sporalar tuproqda ancha vaqt (zamonaviy kuzatuvlarga qaraganda 300y.ga yaqin) saqlanadi. Shuning uchun mol o‘liklari ko‘shilgan erlarda juda uzoq vaqt davomida patogenez havfi mavjud.
Rezident mikrofloradan tashqari tuproqqa inson va hayvonlarning normal mikroflorasi vakillari ham tushadi. Ularning bir qismi mikroorganizmlarning sanitar ko‘rsatkichilariga va patogen mikroorganizmlarga taaluqli. Tuproqlarning mikrobiologik zaharlanishi ularga qishloq xo‘jalik va oziq - ovqat ishlab chiqarilishining ikkilamchi chiqindilari, shuningdek, turli korxonalarning chiqindilarni to‘kishi natijasida sodir bo‘ladi. Tuproqqa tushgan mikroorganizmlar “alloxton mikroflora” degan umumiy nomga ega. Bu mikroorganizmlarning ko‘pchiligi uzoq vaqt saqlanmaydi, lekin ularning bir qismi tuproqning mikrobiotsenoziga qo‘shilib, uning doimiy a’zosi bo‘lib qoladi.
Patogen mikroorganizmlarning tirik qolishi juda ko‘p fizik - kimyoviy va biologik omillarga bog‘liq: tuproq turi, suv - havo rejimi, ifloslanganlik darajasi, mikroorganizmlarning mavjudligi.
Turli patogen mikroorganizmlar tuproqda turlicha saqlanish xususiyatiga egadirlar. Shu jihatdan ularni uch guruhga ajratadilar:
Tuproq birlamchi rezervuar, ya’ni tabiiy biotip bo‘lib xizmat qiladigan mikroorganizmlar. Ular orasida: Clostridium botulinum - qo‘zg‘atuvchisi, aktinomikoz qo‘zg‘atuvchi aktinomitsetlar, shuningdek, mikotoksikoz qo‘zg‘atuvchi mikroskopik patogen zamburug‘lar mavjud. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, klostridiyalar tomonidan hosil qilinuvchi sporalar tuprokda juda uzoq vaqt mobaynida saqlanishi mumkin.
Tuproq ikkilamchi rezervuar bo‘lib xizmat qilidigan mikroorganizmlar. Shuning uchun ular uzoq vaqt mobaynida o‘z xususiyatlarini saqlaydilar. Ular orasida Clostridium tetani - kabi patogenlar - qoqshol qo‘zg‘atuvchisi, Clostridium perfringens - gaz gangrenasi qo‘zg‘atuvchisi, Bacillus anthracis - kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi kabilar bor. Bu mikroorganizmlarning barchasi tuproqqa o‘lgan hayvonlar chiqindilari bilan tushib, bir necha haftadan bir necha oygacha saqlanish xususitiga ega.
Tuproq agressiv - dushman muhit bo‘lgan mikroorganizmlar. Shuning uchun ular tuproqda nisbatan kam yashaydi. Ular orasida spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlardan: Salmonella, Shigella, Vibrio, Leptospira, Brucella, Pseudomonas turlariga tegishli mikroorganizmlar, shuningdek, enteroviruslar va yashur (!) virusi bo‘lib, bu viruslar tuproq rezidentlarining antagonistik faoliyatiga dosh bera olmaydi.
|
| |