Havo mikroflorasi. Havo aerozoli, uning tuzilishi va infeksiya tarqalishidagi ahamiyati




Download 1,53 Mb.
bet38/80
Sana12.06.2024
Hajmi1,53 Mb.
#262830
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
ООМ ва Б маъруза

Havo mikroflorasi. Havo aerozoli, uning tuzilishi va infeksiya tarqalishidagi ahamiyati
Bundan 2 ming yil avval Varron havoda juda mayda jonzotlar borligi haqida aytgan, lekin buni isbotlash faqatgina XIX asrda Lui Pasterga nasib etdi. Ozuqaviy muhit bor kolbani Paster ochiq havoda qisqa muddat ushlab turib, keyin uni kavsharlaydi va chayqatadi. Ozroq muddatdan so‘ng kolbadagi ozuqaviy muhit xiralashib, unda chirish boshlanib, gaz ajralib chiqa boshlaydi. Shunday qilib, Paster ochiq havoda ham, yopiq joylarda ham mikroorganizmlarning mavjudligini isbotladi.
Havo mikroflorasi doimo tuproq va suv mikroflorasi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bundan tashqari, mikroorganizmlar havoga odamlar yoki hayvonlar aksi urgani yoki yo‘talganida tarqalishi mumkin. Chang ko‘p erda mikroorganizmlar ham ko‘p miqdorda bo‘ladi. Chunki ular chang zarralari yuzasiga yig‘iladi.
Mikroorganizmlarning havoda tarqalishi juda notekisdir. Ular ayniqsa katta shaharlarning markaziy hududlari ustida ko‘proq, chekka hududlarda esa kamroq, shuningdek, tabiiy muhitlarning ustida ko‘p bo‘ladi. Mikroorganizmlarning soni sivilizatsiyadan uzoqroq erlarda kamayadi. Shahar ko‘chalari ustidagi 1 m3 havoda 5 mingta, molxonada 2 mln, parklarda esa faqat 200 ta mikroorganizm bo‘ladi.
Archazorlarda havo deyarli steril bo‘lib qoladi. Shaharlardagi ko‘kalamzorlashtirish ishlarining olib borilishi natijasida 90foiz gacha chang o‘simliklar tomonidan ushlab qolinadi. Buning natijasida katta shaharlar ustidagi havoda mikroorganizmlarning soni 10 - 20 marotaba kamayadi. Tekisliklarga nisbatan tog‘li hududlarda mikroorganizmlar ancha kam bo‘ladi. Bu Quyoshning ultrabinafsha nurlari va quritish bilan bog‘liqdir. Mikroorganizmlar dengizlar ustida ham (ayniqsa Shimoliy kenglikda) kam bo‘ladi (1 - 2 KOE\m3), shuning uchun erning bu hududlarida respirator kasalliklar bilan deyarli hech kim kasal bo‘lmaydi.
Mikroorganizmlarning asosiy qismi er yuzasiga yaqin joyda - troposferada bo‘ladi. Mikrobiolog e.J.Mishustinning olgan natijalariga ko‘ra Moskva osmonida
0,5 km balandlikda mikroorganizmlar 2500 KOE\sm3, 2 km balandlikda esa 500 dan ozgina ko‘p, 33 km yuqorida - stratosferada ham mikroorganizmlar (asosan mog‘or zamburug‘lari va batsilla sporalari), bulutlarda esa ba’zi fitopatogen zamburug‘ sporalari topilgan.
Yopiq joylarning havosida juda ko‘p mikroorganizmlar topiladi. Ularning miqdori xonalarni tozalash, ularning yoritilganligi, shamollatishga, insonlarning soniga bog‘liq.
Havo aerozoli, uning tuzilishi va infeksiya tarqalishidagi ahamiyati
Havo mikroflorasi rezident va vaqtinchalik bo‘ladi. Birinchi tez - tez, barcha erda uchraydi. Ikkinchi - nisbatan kam, chunki u turli omillar ta’siriga chidamli emas. Tuproq mikroorganizmlari hisobiga shakllanuvchi rezident mikroflora tarkisida mikrokokklar, sarsinalar, batsillalar, aktinomitsetlar, mog‘or zamburug‘i bo‘ladi. Havoning vaqtinchalik mikroflorasi, shuningdek, tuproq mikroorgainzmlari va suv havzalari yuzasidan tarqovchi mikroorganizmlrdan shakllanadi.
Havoning patogen mikroorganizmlar bilan kontaminatsiyasi asosan tomchi usuli bilan yo‘tal, aksa urish, so‘zlashish hisobiga bo‘lib, buning natijasida havoda aerozol zarrachalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan aerozol zarrachalaning kattaligi har xil (10-100 dan 2000 nm gacha). Tomchilar kattaligi elektr zaryadiga, tezligiga qarab aerozol zarrachalar tomchi va chang fazalari hamda tomchi yadrochalariga bo‘linadi.
Tomchi fazasi. Havoda uzoq saqlanadigan va cho‘kishidan avval bug‘lanib ketadigan mayda tomchilardan iborat.
Chang fazasi. Katta, tez cho‘kuvchi va bug‘lanuvchi tomchilardan iborat bo‘lib, havoga ko‘tarilib ketuvchi chang hosil qiladi.
Tomchi yadrochalari. Bu mayda tomchilar (100 nm gacha) bo‘lib, ular havoda muallaq turadi va aerodispers sistemani hosil qiladi. Bu sistemada namlik qisman saqlanib, havodagi mikroorganizmlarning yashashini ta’minlaydi.
Mayda zarrachalarda (tomchi yadrolarida) joylashgan mikroorganizmlar eng katta havfga ega, chunki ular o‘pkaning alveolalariga kirib olish xususiyatiga ega. Shu bilan birga aerozolning kattaroq zarrachalari burun bo‘shlig‘iga o‘rnashib, suyuqlik bilan tashqi muhitga tarqaladi.
Shuning uchun “yo‘tal yoki aksa urishda burunni dastro‘mol bilan berkitish” gigiena talabiga rioya qilmoq lozim. Inson aksirganida 40000 tomchi hosil bo‘lib, ular aerodispers sistemaning asosini tashkil etadi va bu sistema insonlar hayoti uchun epidemiologik havf uyg‘otadi. Kasallangan hayvonlar yonida bo‘lish ham ancha havflidir. Masalan, sigir yo‘talganida suyuqlik 3 - 4 m ga sachraydi.

Download 1,53 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Havo mikroflorasi. Havo aerozoli, uning tuzilishi va infeksiya tarqalishidagi ahamiyati

Download 1,53 Mb.