• Mucor (Mog‘or) mikroskopik fungusning tuzilishini batafsil ko‘rib chiqqan
  • 1,1-rasm
  • «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»




    Download 1,53 Mb.
    bet2/80
    Sana12.06.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #262830
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
    Bog'liq
    ООМ ва Б маъруза

    Abu Ali Ibn Sino (980-1037) yashagan davrda vabo kasali ko‘pgina qishloq va shaharlarni aholisini qirilib ketishiga sabab bo‘lgan. Kasallik faqat xasta odamlar orqaligina emas, havo, kiyim-kechak, oziq-ovqat va h. k. yo‘llar bilan yuqishini bilgan. Mikroorganizmlar borligi haqida olim taxmin qilib, vabodan o‘lgan odamlar jasadini kuydirib yuborishni tavsiya qilgan.
    800 yil avval ispanlar Periney yarim orolida arablar bilan urush olib borib, Kardova shahrini ishg‘ol etganlarida Amir Almansar vabo kasalini yuqtirib, xasta bo‘lgandan so‘ng dushmanlarga asir tushib, hamma ispan bosqinchilarni o‘ldirgan.
    Dj. Bakkachcho (1313-1375) «Dekameron» asarida vaboni epidemiyasini tasvirlab, o‘liklarni ko‘mishga ham odam qolmaganini yozadi.
    Misollarni umumlashtirsak: insonlar tirik, ko‘zga ko‘rinmaydigan bir narsa borki, u ko‘payadigan, o‘sadigan va yuqadigan deb taxmin qilishgan.
    Endi esa bularnig sababchisi - mikroblar ekanligi hammaga ma’lum.
    Birinchi bo‘lib Gans va Zaxariy Yansenlar 2 linzadan iborat mikroskop yasaganlar, u atigi 4 martagina kattalashtirgan.
    665 -yilda Robert Huk ilk mikroskopiyaga oid Mucor (Mog‘or) mikroskopik fungusning tuzilishini batafsil ko‘rib chiqqan tasvirli kitob - Micrograrnia (Mikrografiya)ni nashr qildi. 1676-yilda esa Antoni van Levenguk (1.3-shakl) Huknikiga o‘xshash bo‘lgan nomukammal mikroskopidan foydalanib, hovuz suvidagi kichik jonli mavjudotlarni ko‘radi. Shunday qilib, Mikrobiologiya dunyoga keladi!
    Shunday bo‘lsada, mikroblar mavjudligini isbotlash va fermentatsiya jarayonini vujudga keltirish uchun yana 200 yil kerak bo‘ldi. 1700-yilning o‘rtalarida, Lazzaro Spallanzani qaynatilgan go‘sht mustahkam yopilgankonteynerga joylashtirilsa, u “aynimasligini” ko‘rsatdi. Spontan generatsiya tarafdorlari, aksincha, hayot uchun havo kerak deb bahslashishgan va havo bilan to‘ldirishgan. Lui Pasterga ayni Spallanzanining tajribasini mikroblarga emas balki havoga yo‘l ochib beradigan usulda qaytarish uchun nafis “oqqush bo‘yni butili” tajribasi yana 100 yilni talab qildi.

    1,1-rasm. Lui Paster birinchi oziq-ovqat mikrobiologi.
    Lui Paster afsonafiy zabardast olim bo‘lib, muloyim va halol shaxs bo‘lgan. U yoshligida o‘qishda ilg‘or o‘quvchilardan bo‘lmagan. U ko‘proq baliq tutish yoki rasm chizishni afzal ko‘rar edi. Biroq uning 26 yoshida sterioximiyani kashf qilganida, hayotida ilmga qiziqish paydo bo‘ldi. Bunda ba’zi kislotalar yorug‘likni chap yoki o‘ng tomonga burilganda o‘ziga xos ta’sirni namoyon etadi. U hayot asimmetrik bo‘lgani va biologiyani o‘rganish uchun kimyoni tashlagan.
    Paster biologiya fanilarining otasidir. O‘sha paytlarda, ko‘pgina odamlar hayotdagi moddalar almashinuvi va fermentatsiya kimyoviy jarayon deb hisoblashar edi. Paster bu fikrni kolbalardagi oddiy ajoyib tajriba orqali rad etdi (2- rasm). Uning ichida kultural suyuqlik bo‘lib, bakteriyalarni o‘sishiga yordam beradi, lekin tashqaridan bakteriya kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu kolbalarning bazilari Paster Institutida eksponat sifatida saqlanib qolgan, ular steril holatda qolgan. “Hayot hayotdan (jonzotlarning o‘zaro munosabatidan) paydo bo‘lishini” ko‘rsatib, o‘z-o‘zidan vujudga kelish g‘oyasini inkor etdi. Bundan keyin, u fermentatsiya ko‘proq kimyoviy emas, balki biologik jarayon degan farazni ilgari surdi. Sut, vino va pivo kabi fermentlar yordamida bijg‘uvchi mahsulotlar bijg‘ishi past haroratga nisbatan issiqlik berilganda besh daqiqa davomida to‘xtashi kuzatilgan. Hozirda biz bu jarayonni “pasterizatsiya” jarayoni sifatida bilamiz. Lui Paster birinchi oziq-ovqat mikrobiologi bo‘lgan.
    Lui Paster shuningdek, Immunologiya fanining ham otasi hisoblanib, vabo va antaraks kasalliklari uchun hayvonlar vaksinatsiyani yaratgan.





    Download 1,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»

    Download 1,53 Mb.