|
«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «oziq ovqat mikrobiologyasi»
|
bet | 9/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаBakteriyalarning harakatchanligi
Bakteriyalar orasida harakat qiluvchi va harakat qilmaydigan turlari mavjud.
Ko‘pincha bakteriyalar xivchinlar yordamida harakat qiladilar. Faqat spiroxetalar tanalarining bukilishi yordamida harakat qiladilar. Xivchinlar sitoplazmadan ip shaklida o‘sib chiqqan o‘simta bo‘lib, qalinligi 0,02-0.05 m, ammo uzunligi hujayraga nisbatan ancha uzun, ba’zan 10 va undan ko‘proq marta uzunroq bo‘ladi. Ko‘pchiligining uzunligi 5-9 m bo‘lsa, ba’zilarining uzunligi 30 m ga etadi. Xivchinlarning 98 foiz qisqartiruvchi oqsil -flagellindan tuzilgan bo‘ladi.
3- rasm. Bakteriya xivchinlarining joylashishi:
1-monotrix; 2-lofotrix; 3-amfitrix; 4-peritrix
Sharsimon bakteriyalari harakatsizdir. Faqat siydik sarsinalarida xivchinlar bo‘lib, ular harakat qiladi. Tayoqchasimon bakteriyalar orasida harakatchan va harakatsiz turlari uchraydi.
Xivchinlarning soni va hujayra yuzasida joylashishiga qarab bakteriyalarni:
monotrixlar, bakteriyaning bir uchida bir dona xivchini bo‘lsa (xolera vibrioni);
- bipolyar monotrix, tayoqchaning ikkala uchida bittadan xivchin joylashsa;
- lofotrix, tayoqchaning bir uchida
bir dasta xivchinlar bo‘lsa va amfitrix, ikkala uchida ham bir dastadan xivchinlari bo‘lsa (Bacillus fluorescens);
- peritrixlar, butun tanasi xivchinlar bilan qoplangan tayoqchalarga aytiladi (E. coli).
Vibrion va spirillalar ham xivchinlari yordamida harakat qiladilar.
Xivchinlar sitoplazma bilan bo‘sh bog‘langan. Mexanik zarba ta’sirida ular uzilib ketadi va bakteriya harakatsiz bo‘lib qoladi. Hujayra qariganda yoki hayoti uchun noqulay sharoitda ham harakatchanligi yo‘qolishi mumkin. Xivchinlari yo‘q ba’zi bakteriyalar harakati ulardan shilimshiq modda ajralishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin (miksobakteriyalar).
|
| |